|
Demokratiya va media vositasida jamiyat hayotida ishtirok etish
|
bet | 25/27 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 180,53 Kb. | | #261840 |
Bog'liq 3-mavzu Media maydonda axborot tarqatish madaniyati RejaDemokratiya va media vositasida jamiyat hayotida ishtirok etish
Yoshlar o‘z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahs-munozaralar uchun faol maydoncha vazifasini o‘taydi. Ular “partisipatsiya” xodisasini, ya’ni shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik, ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi. An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar virtual makonda o‘z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O‘zini jamiyatning faol a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Yosh jurnalist muayyan mediaresurs ustida ishlar ekan, o‘z auditoriyasida faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirishga, shu orqali fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini tushunishi zarur.
Xabardorligi yuqori bo‘lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo‘ladi.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya bolalar va yoshlarning turli
kanallar orqali o‘z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan, mediakontent imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda o‘zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni qaerdan va qanday olishni ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Medialar shuningdek, yoshlarga muhim bo‘lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar bahs-munozaralarida qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi kerak.
O‘z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish malakasi –media savodxonligining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, undan OAVning turli kanallari uchun maqola tayyorlashda, videomaterialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama tayyorlashda yoki bahs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchilar o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan muammo yuzasidan ijtimoiy mediakampaniyaga qo‘shilishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida ular opponentlar uchun ma’qul bo‘ladigan shaklda o‘z nuqtai nazarini shakllantirishni ham o‘rganib boradi. O‘z fikrini bayon etish erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o‘z qarashlarini bildirish imkonini berish zarurati tug‘ilgandagina yo‘l qo‘yiladi. Haqorat qilish, sha’nga tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko‘rinishidagi bunday cheklovlar turli suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur.
“Axborot”, “huruj” va “axborot huruji” tushunchalarining ta’rifini berish va ularni o‘zaro bog‘lash orqali qo‘yilgan muammoni yanada chuqurroq tushunish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalasining dolzarb ekanligini anglash mumkin.
Axborot so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, u arabcha “axbor”, ya’ni xabar so‘zidan olingan. Informatsiya esa lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish, xabar qilish, talqin etish» ma’nolarini anglatadi va namoyon bo‘lish shakllaridan qat’iy nazar biror narsa haqidagi ma’lumotni o‘zida namoyon etadi. Bugungi kunda axborot va informatsiya so‘zlari ko‘p hollarda yagona mazmunda ishlatilmoqda. Amerikalik muhandis, matematik va birinchilardan bo‘lib axborot nazariyasini yaratgan olim Shennon K. axborotni “oydinlashtirilgan mavhumlik”, - deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo‘lgan narsalarni anglaydi, qo‘ygan savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga muvofiq axborot axborotlashtirish jarayonida qo‘llanuvchi axborot resursi sanaladi. Mazkur malakaviy ish doirasida axborot deyilganida biror manbada qayd qilinuvchi, omma uchun qiziqarli bo‘lgan va qayta ishlanuvchi faktlar, hodisalar, voqealar yig‘indisini tushunish maqsadga muvoffiq. Huruj deyilganida, biror tizimga nisbatan disfunksional yoki uning tartibini buzishga intiluvchi turli kuchlar va omillar mavjud bo‘lgan holat tushuniladi. Hurujlarning asosiy maqsadi tizimning faoliyatini tartibsizlik holatini keltirish orqali buzishdan iborat. Ular kelib chiqish manbasiga, amalga oshiruvchi kuchlariga va qaysi ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishiga, shuningdek, ta’sir xavfi hamda rivojlanish darajasiga ko‘ra farqlanadi . Aniqroq qilib aytganda, vaqt omili hisobidan hurujning xavfi va tizimga nisbatan ta’siridan kelib chiqib uni buzish ehtimoli nazarda tutiladi. “Axborot huruji” deyilganida muayyan kuchlarning o‘z siyosiy maqsad va muddaolarini amalga oshirish yo‘lida eng avvalo mafkuraviy omillar, shuningdek, moddiy va ma’naviy ta’sir o‘tkazish orqali kishilar ongi, qalbiga yot g‘oyalarni singdirishni, ularning hissiyotlari, e’tiqodi, tuyg‘ulariga ta’sir etishni, turmush tarzi, mentalitetidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zlovchi xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi. Davlatning o‘z jamiyati xavfsizligini ta’minlashi vazifasi nuqtai nazaridan olganda, axborot hurujlari axborot xavfsizligini buzish xavfini solgan sharoit va ijtimoiy omillar yig‘indisidir . Bugun axborot hurujlari orqali o‘z g‘oyalarini singdirish va jamiyat a’zolarini, ayniqsa, yoshlarni o‘z izmiga solish ko‘p kuzatilayotgan holat bo‘lib qolmoqda. Axborot hurujlari bugungi kunda globallashuv jarayoniga qo‘shilgan har bir davlat va jamiyat uchun potensial yoki real darajada xavf tug‘diradi. Chunki axborot orqali o‘sha mamlakat yoshlari ongini manipulyatsiya qilish, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga shu yo‘l bilan erishmoqchi bo‘layotgan kuchlar mavjudligi sir emas. Axborot xurujlarini bugungi kunda davlatlar (jumladan chet el davlatlari), turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar, rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, alohida shaxslar uyushtirishi mumkin . Shuning uchun axborot urushlari, axborot-psixologik xavfsizlik kabi mavzularda butun dunyo olimlari keng baxs va mushohadalar olib borishmoqda. Axborot oqimining ortishi, axborot urushlari va axborot terrorizmi kabi masalalarning ko‘tarilishi, jamiyatda ommaviy axborot vositalari o‘rnining ortishi, mehnat faoliyatini texnik axborotlashtirish usullarining keng qo‘llanilishi tufayli ko‘plab ilmiy va ilmiy-amaliy adabiyotlarda axborot xurujlarining amalga oshish usullari o‘rganilmoqda. Axborot ta’sirlari kimga ta’sir ko‘rsatish kerakligi va axborot hurujining maqsadidan kelib chiqqan holda tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bularga psixologik usullar (o‘z fikrini singdirish, rag‘bat, majburlash, jazolash, namuna ko‘rsatish), harbiy usullar (jismoniy zarar yetkazish orqali o‘z fikrini singdirish),iqtisodiy usullar (potensial raqibning iqtisodiy holatini yomonlovchi savdo yoki moliyaviy sanksiyalar yaratish), siyosiy usullar (turli siyosiy o‘yinlar) kiradi . Mazkur usullarni mukammal bilgan holatdagina axborot hurujlariga qarshi kurash yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. Globallashuv sharotida dunyoning mafkuraviy manzarasi hozirda juda murakkablashib ketdi. Unda ta’sir kuchiga ega bo‘lishni eng maqbul yo‘li sifatida, mablag‘ qancha ketishidan qat’iy nazar yirik axborot tarqatuvchilik mavqeini egallash ekanligi hozirda sir bo‘lmay qoldi. Jahonda informasion urush ketayotganini hatto oddiy insonlar ham sezishlari mumkin. Misol uchun biron mamlakat hududida ma’lum turmush tarzini, qadriyatlar tizimini ulug‘lovchi risolalar, san’at asarlari, kinofilmlar, axborotlar va hokazolar tarqatilmoqda. Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy fikrning shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yoshlarni ochiq axborot olish davrida hukm suradigan umumbashariy axloqiy inqirozdan asrash muammosiga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor: ―.keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik, - deydi U. - Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil… Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda axborot hurujlarini bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashishning asosiy yo‘llari sifatida jamiyatdagi quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin: - Kuchli siyosiy boshqaruv va nazorat tizimining mavjudligi (siyosiy omil) - Fuqarolar huquqlarining kafolati (huquqiy omil) - Barqaror va farovon turmush (ijtimoiy – iqtisodiy omil) - Ma’naviy yetuklikni ta’minlovchi ijtimoiy institutlarning shakllantirilishi (ma’naviy omil) Umuman olganda axborot hurujlari istalgan jamiyatda kuzatilishi mumkin, ammo jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy sohalarida biror salbiy jarayonlar mavjud bo‘lganida ular o‘ta faollashadi, o‘z ta’sir doirasini kengaytiradi, ularning ta’sir darajasi ortadi. Shuning uchun ushbu muammoni keng ko‘lamli sotsiologik tadqiqotlar asosida o‘rganish orqali kerakli bo‘lgan vaziyatni yaxshilovchi hamda mo‘tadillashtiruvchi yechimlarni aniqlashi mumkin. Axborot xurujiga berilgan turlicha ta`riflar mavjud. Rossiyalik ayrim mutaxassislarning fikricha axborot xuruji bu - raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operasiyalar majmuasidir. Mamalakatimizga nisbatan amalga oshirilgan va oshirilayotgan axborot xurujlarining asosiy maqsadi – davlat va xalq o`rtasida ishonchsizlikni, aholida shubha, ikkilanish, paropakandalik, tartibsizlikni keltirib chiqarishdir.
Shuni ta`kidlash kerakki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz davlat apparatiga nisbatan turli kuchlar tomonidan ta`sir qilish, muayyan talablarini bajartirish maqsadida axborot xurujlari tashkil qilib kelinayotganligi ma`lum. Bu ayni paytda yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik, milliy taraqqiyot yo`lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshi qaratilgan harakatlardir.
XXI asrda axborot urushinig o`ziga xos jihati urush vositalari, uslublarining ko`paygani, takomillashganida ko`rinadi. Bugungi kunda bunday urush internetda, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali ham olib borilmoqda.
Ayrim mutaxassislar tomonidan psixoterapiya metodlari yakka shaxsga qanday ta`sir etsa axborot urushining metodlari ommaviy ongga shunday ta`sir qilishini ta`kidlashadi. Axborot urushiga yaqqol misol sifatida “Sovuq urush” davrida ikkita blok o`rtasida kechgan kurashni keltirish mumkin.
Hozirda Rossiya federasiyasi va ayrim g`arb davlatlari o`rtasida “sovuq urush” davridagidan qolishmaydigan darajada gibrid urushning tarkibiy qismi sifatida axborot urushi ketmoqda. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, yaqin va uzoq davlatlarda sodir etilgan davlat to`ntarishlari (“rangli inqiloblar”, “arab bahori”) bu eng avvalo manfaatdor kuchlar tomonidan g`arazli maqsadga yo`naltirilgan tarzda aholiga nisbatan amalga oshirilgan axborot ta`sirining oqibatidir. Respublikamizning geosiyosiy, geojug`rofiy mavqei yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimizga nisbatan axborot urushi susaytirilmaydi, aksincha faollashadi, degan xulosa chiqarishga olib kelmoqda. Mamlakatimiz muhim siyosiy tadbir- saylov jarayonida ayrim kuchlar tomonidan axborot xuruji kuchaytiriladi, chunki saylov jarayoni vaziyatni beqarorlashtirish uchun, aholini turli guruhlarga bo`lib tashlab, o`ziga xos “boshqariladigan tartibsizlik” tashkil qilish uchun qulay fursat hisoblanadi. Bashoratchilikka da`vo qilish emas bu, biroq shuni aytish mumkinki, saylov natijalari bo`yicha turli shubha, mish-mishlarni tarqatish, saylov jarayonining qonuniy, demokratik tarzda o`tganligini shubha ostiga olish ko`payadi. Basharti shunday bo`lsa bu haqiqiy xalq tanlovi amalga oshganidan, axborot xuruji tashkilotchilari xohlagan narsa ro`y bermaganidan dalolat beradi. Yaqin tarixda buni ko`p guvohi bo`lganmiz. Axborot xurujlari ta`siriga eng ko`p beriladigan aholi qatlami bu yoshlardir. Afsuski, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal sur`atlar bilan rivojlanishi axborot tahdidlarining ham kuchayishiga olib kelmoqda. Internet vositasida ishlaydigan dasturlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma`lumotlar almashishi ro`y bermoqda. Ular asosan qiziqarli voqealar, gap-so`zlar, shou-biznes, sport xabarlari, yangiliklardan iborat. Biroq hech kim tashqi kuchlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlardan o`z maqsadi yo`lida foydalanmaydi, deb kafolat bera olmaydi. Misol uchun, Telegram messendjerida ba`zi bir guruhlarning ishtirokchilari soni 50 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh fotorasmlar, video lavhalar joylashtirilmoqda. Bu ma`naviyati, madaniyatida qusr bo`lgan shaxslarni o`ziga jalb qilish uchundir. Aynan shunday toifa kishilar o`zlariga javob berisha olmaydi. Keyinchalik bunday kanallarda siyosiy mavzuga taalluqli ma`lumotlar tarqatilishi va guruh a`zolarining fikrini o`zgartirishga, ma`lum bir yo`nalishga solishga harakat qilinishi mumkin. Respublikamizning birinchi prezidenti muhtaram Islom Karimov “...bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega” ekanligini ta`kidlagan edi. Mafkura poligonlarida kuchlar nisbati esa axborot, axborot xuruji vositasida hal etilmoqda.
Mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlariga qarshi kurashda ba`zan “It huradi, karvon o`tadi” qabilida ishlash o`rinlidek ko`rinadi. Biroq, fikrimcha axborot xurujlari kimlar, qaysi tuzilmalar tomonidan, nima maqsadda tashkil qilinayotganligi ma`lum bo`lganda, ularga qarshi kurashda eng yaxshi himoya hujum ekanligidan kelib chiqishimiz kerak.
Axborot xurujlariga qarshi kurashda kurashning tizimli bo`lishligi, uning zarur huquqiy bazasi shakllantirilganligi o`ta muhim. Shu bois axborot xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan alohida qonun hujjati qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi kerak.
Shu bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim:
1. Axborot makonini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, o`zgarishlar, aholining qiziqishi yuqori bo`lgan masalalar haqidagi ob`ektiv va pozitiv axborot bilan doimiy ravishda to`ldirib borish.
2. Fuqarolarimizda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks choralar ko`rilishi kerak. Xususan yoshlarimizni tafakkur qilishga, har qanday axborotni tahlil qilib so`ng xulosa chiqarishga o`rgatishimiz zarur.
3. Mamlakatimiz, davlat apparati, rahbarlar haqida noto`g`ri ma`lumotlar, tuhmat, uydirmalar, buzilgan axborot tarqatuvchi har qanday axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qo`yish.
4. Aholiga chet ellarda turib mamlakatimiz to`g`risida noto`g`ri, bir taraflama axborot tarqatuvchi axborot vositalari, shaxslarning asl qiyofasini ochib beruvchi axborotni etkazish.
5. Milliy g`oya, mafkura, ma`naviyat tushunchalari, shu jumladan fuqarolarimizning vatanparvarligi axborot xurujlariga qarshi muhim omillardir. Bu yo`nalishda amalga oshirayotgan ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish
6. “Beshinchi kolonna”ni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralarni ko`rish tizimli tarzda davom ettirilishi kerak. Chunki aynan “beshinchi kolonna” tashqi kuchlarning buzg`unchi g`oya, axborotlarini tarqatishda vositachi vazifasini bajaradi.
Bir so`z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz, ishlashimiz darkor. Bunda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash,o`z xalqining xotirjam va farovon hayoti uchun yonib yashagan muhtaram I.Karimovning quyidagi so`zlarini yodda tutishimiz kerak: “Hammamizga ayon bo`lishi kerakki, “axborot asri” deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o`zini temir devor bilan o`rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan, deb qo`l qovushtirib o`tirish ham to`g`ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda bo`lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko`rishimiz kerak”.
Axborot xavfsizligi siyosati (yoki xavfsizlik siyosati) bu – tashkilotning maqsadi va vazifasi hamda xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi chora-tadbirlar tavsiflanadigan yuqori darajadagi reja hisoblanadi. Siyosat batafsil spesifikasi yalarsiz umumiy atamalarda xavfsizlikni taʼminlaydi. U xavfsizlikni taʼminlashning hamma dasturlarini rejalashtirishni taʼminlab beradi. Axborot xavfsizligi siyosati tashkilot vazifalarini bajarilishi himoyasini yoki ish jarayonini himoyasini taʼminlash berishi shart.
Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlash qoʻyidagi amaliy qadamlarga olib kelishi kerak:
Axborot xavfsizligi sohasida foydalaniladigan boshqaruv hujjatlari va standartlarini, hamda axborot xavfsizligi siyosatini asosiy nizomlarini aniqlash, yaʼni:
axborot kommunikatsion tizim vositalari, dasturlar va maʼlumotlardan foydalanishni boshqarish;
virusga qarshi himoya;
zahirali nusxa olish masalalari;
taʼmirlash va qayta tiklash ishlarini oʻtkazish;
axborot xavfsizligi sohasidagi insident (toʻqnashuvlar) haqida xabardor qilish.
Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.
Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda.
Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir.
Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo`lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o`n yil ichida global tarmoqqa aylanib, nainki axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo`ldi.
|
| |