|
Yosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri
|
bet | 21/27 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 180,53 Kb. | | #261840 |
Bog'liq 3-mavzu Media maydonda axborot tarqatish madaniyati RejaYosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri
Shubhasiz, ijodkorning shaxsiyati shakllanishida qahramon timsollari muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning ta’siriga haddan ziyod tushib qolish ham shaxsiy “men”ning rivojlanishini cheklab qo‘yadi. Sog‘lom tafakkur yosh avlodga medialarning atrofidagilarga, ularning xatti-harakati va intilishlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri anglab yetishiga yordam beradi. Shu bois, yosh jurnalist mediaqahramonlar timsolini qabul qilishda xuddi badiiy asar qahramonlarida bo‘lgani kabi ham ijobiy, ham salbiy jihatlar mavjudligini anglab yetishi zarur. Xususan, qahramonlar fe’l-atvorining mediakontentdagi talqini resipientning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishi ham, aksincha, o‘zi va boshqaning timsolini o‘z nuqtai nazaridan baholash qobiliyatini yo‘qqa chiqarishi ham mumkin. Shu tufayli yosh jurnalist doimiy ravishda o‘z ijodiy “men”ini takomillashtirishi uchun tinmay mehnat qilishi talab etiladi.
Media muayyan hissiyotlarni shakllantiradi
Medialar ma’lum bir hissiy tajribani shakllantirish va rivojlantirish uchun qulay maydoncha vazifasini o‘taydi. Ularni ongli ravishda, masalan, ma’lum bir hissiy (ya’ni uning asl mohiyatiga mos) holatga kirish uchun ham qo‘llash mumkin. Buning uchun yosh jurnalist media yuzaga keltiradigan hissiy samaralarni anglashni va tasniflashni o‘rganishi zarur.
Agar boshlovchi jurnalist mediakontentni adekvat tarzda qabul qilishga tayyor bo‘lsa, medianing unga hissiy ta’siri ijobiy bo‘lishi shubhasiz. Agar u media yuzaga keltiradigan hissiyotlar tabiatini tushunishga ruhiy, aqliy va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lmasa, u shaxsiy mediakontenti vositasida o‘z resipientlarini ma’lum bir xavfga qo‘yishi yoki ularning ongini manipulyatsiya qilishi (boshqarishi) mumkin. Jurnalist surishtiruvlari, dolzarb mavzulardagi reportajlar, kun qahramonlari (xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin) bilan intervyular muallifga auditoriyada dahldorlik, qiziquvchanlik va hamdardlik hislarini yuzaga keltirish imkonini beradi. Muallif auditoriyaning umumlashgan nuqtai nazarini bayon etganda ana shu hamdardlik va dahldorlik hislari yanada kuchayadi.
|
| |