|
Yoshlar, ular hamjamiyatlarining media bilan o‘zaro munosabati
|
bet | 24/27 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 180,53 Kb. | | #261840 |
Bog'liq 3-mavzu Media maydonda axborot tarqatish madaniyati RejaYoshlar, ular hamjamiyatlarining media bilan o‘zaro munosabati
Mass-media foydalanuvchilari (tomoshabin, tinglovchi, mushtariy, Internetdan foydalanuvchilar) turli hamjamiyatlarni tashkil etadi. Faqat ayrim milliy va xalqaro miqyosdagi, masalan, Olimpiya o‘yinlari, harbiy harakatlar, Fukusima atom stansiyasidagi halokat, Islandiyadagi vulqonning otilishi singari dunyoning barcha mamlakatlar televideniesi orqali namoyish etiladigan voqea-hodisalarni yagona auditoriya uchun yaratilgan desa bo‘ladi. Auditoriyaning muayyan ko‘rinishlari aniq bir media, kanal yoki dasturlar atrofida shakllanadi.
Texnologik taraqqiyot va ijtimoiy medialar sabab “auditoriya” konsepsiyasi interfaollik mazmunini kasb etdi va, umuman olganda, faollashdi ham. Masalan, onlayn auditoriya sirasiga nafaqat passiv o‘quvchilar yoki yangiliklarni ko‘zdan kechiradiganlar, balki bahslarda va kontentni yaratishda faol ishtirok etadigan foydalanuvchilar ham kiradi. Bunda yaxlit auditoriyaning emas, balki uning faol a’zosining, masalan, onlayn hamjamiyat a’zosining faoliyati bilan bog‘liq savollarni muhokama qilish maqsadga muvofiq.
Har bir maqsadli auditoriya guruhi media bilan o‘z munosabatlarini o‘rnatadi
“Media bilan munosabat” deganda alohida olingan inson yoki hamjamiyatning media bilan o‘zaro munosabati tushuniladi. Media bilan munosabat mediadan foydalanish davriyligi, mediakontentni tanlash, odamlarning media haqidagi fikrlari, yoki ulardan foydalanish ko‘nikmalari xususidagi bahslarni qamraydi. Media bilan individual munosabat har doim inson va mediamatn o‘rtasidagi muloqotni nazarda tutadi. Gap nima - dalil yoki to‘qima – haqida ketayotganidan qat’iy nazar, inson mediamatnning mazmunini shaxsiy qarashlari va tajribasi bilan solishtirib ko‘radi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, insonlar mediadan o‘z qarashlari, qadriyatlari va his- tuyg‘ulariga mos keladigan qarash va g‘oyalarni tanlashga moyil bo‘lar ekan (darvoqe, bu hol ham an’anaviy, ham yangi medialar uchun birdek xos).
Medialardan foydalanish faol tusga ega
Insonlar televizorni birgalashib ko‘radi, chatda do‘stlari bilan muloqot qiladi, bir biri bilan interfaol o‘yin o‘ynaydi, xatto kinoga borish ham jamoaviy tadbir hisoblanadi. Yonimizda boshqalar bo‘lmaganida esa biz odatda mediaga murojaat qilamiz. Media vositasida insonlarda birlashish hissi mustahkamlanadi. Masalan, “Ezgulik” yoki “Butun olam birga” teleaksiyalari yordamida bolalarni qutqarish, yoki “Hayot uchun!” xayriya marafoni jarayonida buni kuzatish mumkin bo‘lgan. Shunday ekan, yosh jurnalistning matni resipientda auditoriyaning muayyan guruhiga mansublikni shakllantirishga qaratilganini anglash lozim.
Bunday guruhlar aksariyat hollarda mediakontent ta’siri ostida hamda submadaniyat mahsuli sifatida shakllanadi. Do‘stlar bir biriga teleseriallarni yoki veb-saytlarni tavsiya etishi, o‘smir atrofda hamma gapirayotgan videoni ko‘ra olmagani uchun o‘zini noqulay sezishi mumkin. Va, aksincha, umumiy media- tajriba muammolarga sabab ham bo‘lishi mumkin. Qiziqishlar, do‘stlar, uslublar va intilishlar esa bizni xuddi shunday ishqibozlikka ega insonlar bilan yaqinlashtiradi Shu bilan birga media tanlovi bizni mutlaqo boshqa mazmun va toifadagi mediakontentni iste’mol qiluvchi insonlardan farqlaydi. Internet mediadan foydalanishdagi ishtirokimiz shakllarini o‘zgartirib yubordi.
Internet va o‘yinlar olamida yoshlar faol yetakchilik qilmoqda. Virtual, interfaol olam ana’anaviy mediadan ham samaraliroq bo‘lishi mumkin.
|
| |