• «Формат» => «Ячейка»
  • «Столбец» (Ustun) buyrug‘i o‘rniga «Строка»




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/58
    Sana02.02.2023
    Hajmi1.42 Mb.
    #40646
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
    Bog'liq
    kBgtAyTdOflJjtliT6QetQCY14SdidxVjsPCMdlP
    2. Pnevmatik qurilmalar (2), 4- Maruza mashg\'uloti, murakkab tarkibli, 1 lecture, ecology, ekologiya2
    «Столбец» (Ustun) buyrug‘i o‘rniga «Строка» (Satr) buyrug‘i olinadi. 
    Sonlarni kiritish 
    Har bir katakka kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (o`zgarmaslar) sifatida 
    qabul qilinadi. MS Excel dasturida sonlar quyidagi 0,1,2,3,...9,+,—,(),/, $,%,E,e 
    belgilari orqali kiritiladi. Тugmalarning boshqa barcha kombinatsiyalari orqali 
    kiritilayotgan ma’lumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo‘lib, matn 
    sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «–» ishorasi qo‘yiladi 
    yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, –5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar 
    hamma vaqt katakning o‘ng chegarasidan boshlab yoziladi.
    Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo‘ladi, boshqacha 
    aytganda, ular oddiy raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun 
    sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad – katakdagi 
    ma’lumotlarni, ya’ni sonlarni oson o‘qish imkonini berishdir. 
    MS Excel dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (3.1.5-rasm). 
    3.1.5-rasm. “Форат ячеек” muloqot uynasi. 


    Agar katakdagi belgilar o‘rnida «panjara» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan 
    bichimdagi sonlar ustun kengligiga sig‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun 
    kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi. 
    Agar sonli qiymatlar bichimlangandan keyin katakdagi jadval kursorini sonli 
    qiymatlari bilan boshqasiga o‘tkazilsa, formulalar satrida sonli qiymatlarning 
    bichimlanmagan ko’rinishi hosil bo‘ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning 
    katakdagi ko‘rinishigagina ta’sir etadi. 
    Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin kerakli kataklarni ajratib olish 
    zarur. 
    Vositalar paneli yordamida bichimlash. Vositalar panelida bir qancha 
    bichimlash tugmalari joylashgan bo‘lib, ular kerakli bichimlash turini tez tanlab 
    olish va foydalanish imkonini beradi.
    Kataklar ajratilgandan keyin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko’rsatkichini 
    olib borib, tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng katakda tanlangan bichim 
    asosida ish olib boriladi. 
    Bosh menyu yordamida bichimlash. Bosh menyuda bichimlash buyrug‘i 
    quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
    Menyuning «Формат» => «Формат ячейки» (Katak bichimi) buyruqlari 
    tanlanib, muloqot oynasidan «Число» (Son)ning kerakli parametrli bichimi 
    tanlanadi. 
    Тekislash. Matnlar katakka kiritilganda, ko’pincha, katakning chap 
    chegarasida tekislanadi. Sonli qiymatlar esa katakning o‘ng chegarasidan boshlab 
    tekis holatda yoziladi. Katakdagi yozuv chegaralarini turli tartibda o‘zgartirish 
    mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratib olinadi va vositalar panelida 
    joylashgan turli tomonli bichimlash piktogrammalaridan biri tanlab olinadi. 
    Bundan tashqari bosh menyudagi «Формат» => «Ячейка» (Katak) => 

    Download 1.42 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Столбец» (Ustun) buyrug‘i o‘rniga «Строка»

    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish