• Tayanch tushunchalar
  • 3-mavzu: O‘qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja




    Download 39,12 Kb.
    bet1/10
    Sana28.01.2024
    Hajmi39,12 Kb.
    #147443
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    maruza3
    Elektr yoritish tarmoklarida elektr eneriyasini tejash, maruza 1, 10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor Reja , 2021y «Axborot texnologiyalari asoslari» fani ishChi o’quv dastu-fayllar.org, 1. Ehtimollar nazariyasining predmeti. Tasodifiy hodisalar, ular-fayllar.org, vpn-orqali-masofadan-xavfsiz-kirishni-tashkil-etish, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim», Узбекское агентство связи и информатизации, 1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish asoslari, Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (2), Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim» (1), Reja Axborot tizimi tushunchasi, Tarmoq tushunchasi, White and Black Certificate of Achievement Landscape

    3-MAVZU:O‘QITUVCHI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI.


    REJA:

    1. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari

    2. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari

    3. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari

    4. Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari

    5. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish

    6. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari

    Tayanch tushunchalar:
    Muomala kategoriyasi; muloqot; axloqiy me’yorlar; nutq dina­mikasi; muloqot funksiyalari; prognostik etap; norasmiy liderlar; modellashtirish; pedagogik jarayon; kommunikativ aloqa; tashkilotchi va ijrochi; interaktiv muloqot; perseptiv muloqot; jonli muloqot; muloqot odobi; tavoze; ishonchni qozonish; ta’sir etish; ma’qullash; demokratik yondashuv; avtoritar uslub; demokratik uslub; liberal uslub; muloqotni boshqarish bosqichlari; muloqotni ta’minlaydigan talablar.

    Muloqot - yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga etadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.


    Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
    Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
    • muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
    •muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
    •o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
    •pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
    •muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
    •noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
    Pedasosik muloqot -bu o o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lsan psixologik muhitni vuiudsa keltirib, iiobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbfy munosabatidir.

    Download 39,12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 39,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: O‘qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja

    Download 39,12 Kb.