• Global tarmoq
  • Tarmoqlarning texnik vositalari.
  • 3-Mavzu: Tarmoqlarni loyihalashda qo’llanilayotgan zamonaviy dasturlar. Reja




    Download 85 Kb.
    bet3/6
    Sana19.02.2024
    Hajmi85 Kb.
    #158780
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-MA\'RUZA
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi
    Mintaqaviy tarmoq-biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
    Global tarmoq- dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuter­larni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
    Intranet- bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tash­kil etuvchi kompyuter tarmog’idir.Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
    Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog’ida mavjud bo’lgan barcha elek­tron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog’lanishlar yor­damida o’zaro bog’lab, yagona axborot muhiti qurish, unda qulay
    axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi.
    Tarmoqlarning texnik vositalari.Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o’tamiz.
    Server - tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi.Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi.Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo’yilishiga ko’ra cheklangan bo’lishi mumkin.
    Konsentrator (HUB)-tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlov- chi maxsus qurilma.Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o’zaro bog’lashi mumkin.Axborotni uzatish kabellari tar­moqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishla­tiladi).
    Modem - axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.Modem «modulator» va «demodulator» so’zlari birikmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishga aylantiriladi.Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda “0” va “1” ko’rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini “0” va “1” yordamida kodlangan axborot ko’rini­shiga o’tkazib berishdan iborat.Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o’lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat.Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat.Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o’rnatilishi kerak.Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo’linadi.Masalan, Windows for Windows 7,9 - 1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo’lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter - server ajratiladi.Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.

    Download 85 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Tarmoqlarni loyihalashda qo’llanilayotgan zamonaviy dasturlar. Reja

    Download 85 Kb.