3-Mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari reja




Download 0.8 Mb.
bet3/8
Sana23.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#83794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH TENDENTSIYALARI
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Ikkinchi avlod (1955-1964)
Jon Bardin, Villian Shokli va Uolter Brotteyn Bell Lobaratoriesda 1947 yilda ulanishning tranzistor deb nomlangan yangi elektron uskunasini kashf etdilar (1-rasm (b)ga qarang). Tranzistorlar quyidagi xossalariga ko’ra vakuum lampalarga nisbatan yaxshiroq elektron uskunasi bo’lib, chiqdi:
1. Ular ancha pishiq va muomalada lampaga nisbatan sodda edi, chunki ular shishadan emas, germaniyli yarim o’tkazgichli materialdan qilingan edi.
2. Ular trubkalarga nisbatan ancha ishonchli edi, chunki ular ipga o’xshash ishdan chiqadigan hech qanday qismlarga ega emas edi.
3. Ular lampaga nisbatan ancha tez (deyarli o’n marta tezroq) ishga tushar edi. 4. Ular lampa tomonidan iste’mol qilinadigan quvvatning deyarli o’ndan birini iste’mol qilardi.
5. Ularga lampaga nisbatan ancha kichik edi.
6. Ular ishlab chiqarishda nisbatan arzonroq edilar.
7. Ular vakuum trubkalarga taqqoslaganda ancha kam issiq tarqatar edilar.
Ikkinchi avlod kompyuterlari tranzistorlardan foydalanib, tayyorlangan edi. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatli, ancha ishonchli, arzonroq, kichik va xarorati pastroq edi.
Ikkinchi avlod kompyuterlari ma’lumotlarni saqlash texnologiyasida ham o’zgarishlarga uchradilar. Ikkinchi avlod kompyuterlarining xotirasi magnitli o’zaklardan iborat. Magnit o’zaklar ferritdan qilingan uncha katta bo’lmagan xalqachalar bo’lib, har qanday yo’nalishda – soat strelkasi bo’ylab ham yoki unga teskari tomonga ham magnitlanishi mumkin. Erkin murojaat qilinadigan katta xotira (bir necha o’nlab kilobayt sig’imga ega) simlar to’rlarida terilgan bir qancha magnit o’zaklarga ega edi.
1957 yilda tadqiqotchilar tez va qulay ikkilamchi axborot tashuvchisi sifatida magnit lentasi (tasmasi)ni kiritadilar. Keyinroq, shuningdek magnit disklaridagi axborotlar to’plovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar bo’ldilar. Foydalanuvchilar avvalgidek dasturlarni va ma’lumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun perfokartalardan keng foydalanardilar.

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari reja

Download 0.8 Mb.