3-Mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari reja




Download 0.8 Mb.
bet4/8
Sana23.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#83794
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH TENDENTSIYALARI
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Uchinchi avlod (1964-1975)
1958 yilda Jek Sent-Kler Kilbi va Robert Noys birinchi integral sxemani ixtiro qildilar. Integral sxema (IS) tranzistor rezistor va kondensatorlarga o’xshash kremniyning bitta krestalidan o’stirilgan va tarkibi bir biriga simsiz birlashtirilgan bir qancha elektron qismlardan iborat edi. IS texnologiyasi “mikroelektronika” sifatida ham ma’lum edi, chunki bu sxema juda kichkina (5mm kvadrat kamroq) kremniy yuzasida ko’p komponentlarni birlashtirigan, uni “chip” nomi bilan mashxur bo’lgan (1-rasm, (s)ga qarang). Dastlab integral sxemalar o’ntadan yigirmatagacha komponentdan iborat bo’lgan. Bu texnologiya kichik integrasiya darajasi (SSI) deb nomlangan. Keyinroq mikrosxemalar tayyorlash uchun texnologiyada olg’a siljishlar yuz berishi bilan bitta chipda yuztagacha komponentni integrasiyalash mumkin bo’ldi. Bu texnologiya intergrasimyaning o’rta darajasi (MSI) sifatida ma’lum edi.Uchinchi avlod EHM mikrosxemalardan foydalanib tayyorlandi. Ularning eng avvalgisi SSI texnologiyasidan keyinroq tayyorlanganlariga esa MSI texnologiyasidan foydalanilgan.
Ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi sohasidagi birgalikda erishilgan yutuqlar magnit o’zak asosida erkin foydalanish mumkin bo’lgan katta xotira qurishga, shuningdek magnit disklari va tasmalarining katta sig’imini yaratishga imkon berdi. Binobarin, uchinchi avlod kompyuterlari, odatda, diskda bir necha megabayt (5 megabaytdan kamroq) operativ xotira va o’nlab megabayt ma’lumot saqlashga qodir magnit disklarga ega edi.
Dasturiy ta’minot, yuqori darajadagi dasturlash tillarini standartlashtirish, taqsimlangan vaqtli operasion tizimlari, dasturiy ta’minlashni apparat vositalaridan ajratib qo’yish shuningdek mustaqil dasturlash industriyasini yaratish bularning hammasi uchinchi avlod davrida yuz berdi. O’sha kunlarda FORTRAN va COBOL yuqori darajali dasturlashtirishning eng ommalashgan tili bo’ldi. Ularni 1966 yilda va 1968 yilda mos holda Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) standartlashtirdi, standartlashtirilgan versiyalar esa ANSI FORTARAN va ANISI COBOL deb ataldi. Buning mohiyati shunda ediki, agar dasturchi dasturni yozishda bu standartlarga amal qilsa u bu dasturlarni ANSI FORTARAN yoki ANISI COBOL bilan kompilyatorda har qanday kompyuter ishlata olardi.

Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendentsiyalari reja

Download 0.8 Mb.