Mavzu. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari. Operasion tizimlar, ularning turlari. Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari. Reja




Download 2,72 Mb.
bet1/8
Sana15.11.2023
Hajmi2,72 Mb.
#99107
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимлар


Mavzu. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari. Operasion tizimlar, ularning turlari. Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari.
Reja:
1. Sistemaviy dasturiy ta’minot;
2. Amaliy dasturiy ta’minot;
3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
4. Operatsion sistema tushunchasi, operatsion sistemaning rivojlanish bosqichlari.
5. Windows, Unix, Linux va Doppix operatsion tizimlari.
6. Mobil telefon va mobil aloqa muhiti;
7. Mobil aloqa xizmati operatorlari;
8. Mobil aloqa xizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta;
9. Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar;



Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim kismi bulib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni uz ichiga oladi.
Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi uzaro bog’lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro boklanish esa - dasturiy interfeys, apparat kismlari va dasturlar orasidagi uzaro boklanish -apparat - dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin;

  • sistemaviy dasturiy ta’minot;

  • amaliy dasturiy ta’minot;

  • dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

  • kompyuterning va kompyuterlar tarmogining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;

  • kompyuter va kompyuterlar tarmogi apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy taminot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • operatsion tizim (OT);

  • tarmoq operatsion tizimi.

Yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar - bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot(ADT)dir. Bunga asosiy sabab- kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratilishi va qo’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:

  • buxgalteriya uchun DT;

  • personalni boshqarish DT;

  • jarayonlarni boshqarish DT;

  • bank axborot tizimlari va boshqalar.

Umumiy maqsadli ADT - soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini kullaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:

  • kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

  • matnli xujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;

  • grafik muharrirlar;

  • hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;

  • taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar xosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.

Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • planirovhik yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;

  • tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlangich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;

  • skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;

  • tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

Kichik nashriyot tizimlari, matnni formatlash va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va xokazolarni bajaradi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yo’nalishga bo’lish mumkin:

  • ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar; Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni(shaxmat,shashka va x.k.), avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shugillanadi.

  • bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarni yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik soxalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.

  • EHMlarni yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari(beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o’rganadi.

  • intellektual robotlar. Bu yo’nalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual ro’botlar avlodini yaratish muammolari bilan shugillanadi.

Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bogliq yo’nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case - texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni uz ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Kompilyator va interpretatorlar;

  • Dasturlar bibliotekasi;

  • Turli yordamchi dasturlar.

Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina ko’didagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturni bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar bibliotekasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.



Windows haqidа umumiy tushunchаlаr.
WINDOWS (inlizchа WINDOWS – оynаlаr dеgаn mа’nоni аnglаtаdi.) Misrosoft (MS) firmаsining prоgrаmmа mаhsuli bo’lib, mахsus tаyyorgаrlikkа egа bo’lmаgаn kоm’pyutеrdаn fоydаlаnuvchilаr uchun mo’ljаllаngаn оpеrаtsiоn tizimdir. Uning аsоsiy mаqsаdi – kоmpyutеrdаn fоydаlаnish ilоji bоrichа sоddа vа o’rgаnish uchun оsоn, shu bilаn birgа fоydаlаnuvchigа mumkin qаdаr kеng imkоniyatlаr yarаtish hоligа kеltirishdir. Mаzkur tаlаblаrgа jаvоb bеruvchi MS WINDOWS 95 оpеrаtsiоn tizimi 1995 yil аvgust оyidа ishlаtilа bоshlаgаn bo’lsа, uning ruschа vаriаnti 1995 yilning sеntyabridаn Rоssiyadа qo’llаnilа bоshlаdi.
MS WINDOWS 95 WINDOWS lаrning yangi vеrsiyasi emаs, bаlki o’tа murаkkаb prоgrаmmаlаr mаjmui bo’lib, shu bilаn birgа fоydаlаnish uchun оsоn оpеrаtsiоn tizimdir.
WINDOWS ning аvvаlni vеrsiyalаri (WINDOWS 3.0, 3.1, 3.11, 3. 12) аsоs sifаtidа MS DOSni qаbul qilgаn bo’lsа, Windows 95 o’zi mustаqil bo’lib, kоmp’pyutеrdа bоshqа bir оpеrаtsiоn tizimning bo’lishini tаlаb qilinmаydi. Lеkin shu bilаn bu muhitdа MS DOS vа WINDOWS ning eski vеrsiyalаri bilаn ishlаsh imkоniyati sаqlаngаn.
Оpеrаtsiоn tizim sifаtidа MS WINDOWS 95 quyidаgi аfzаlliklаrgа egа:
-o’zlаshtirishdа niхоyatdа оddiy vа imkоniyatlаridаn fоydаlаnish ko’lаmi qulаy;
-u yuqоri sаmаrаdоrlikkа egа vа mаzkur хususiyati bilаn WINDOWS ning istаlgаn аvvаlgi vеrsiyalаrdаn kеskin fаrqlаnаdi. Хususаn MICROCOFT firmаsi yangi 32 rаzryadli yadrо tаtbiq etish bilаn sаmаrаdоrlik vа ishоnchilikni kеskin оshirishgа erishdi;
-istе’mоlchi аtigi bittа dаsturiy tа’minоt mаhsulоtini хаrid qilib, qаtоr muhim imkоniyatlаrni qo’lgа kiritаdi:
univеrsаl tаrmоq mijоzigа аylаnаdi, elеktrоn pоchtаdаn fоydаlаnа оlаdi, mul’timеdiа vоsitаlаridаn bахrа оlаdi vа хоkаzо;
-sоddа prоgrаmmаlаr mаjmui bаrkаmоl vа yuqоri unumlilikkа egа.

Download 2,72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari. Operasion tizimlar, ularning turlari. Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari. Reja

Download 2,72 Mb.