|
Doppix – yangi milliy operatsion tizimi
|
bet | 6/8 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 2,72 Mb. | | #99107 |
Bog'liq 3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимларDoppix – yangi milliy operatsion tizimi
Rasm - 11. Doppix O’zbekistonda yangi milliy operatsion tizimi
Operatsion tizimlar – bu burchakda chang bosib yotgan bir talay temir-tersakni kompyuterga – bolalar uchun quvonch, buva va buvilar uchun uy kinoteatriga, katta yoshlilar uchun yangiliklarni bilib olish, ishbilarmonlar uchun ishlash vositasi, buxgalterlar uchun matn terish va kolkulyatorga, ilg’or yoshlar uchun munosabatlar vositasiga aylantiradigan mo’jizadir.
Operatsion tizimining tarixi janglar, afsonalar va sirlarga boy, lekin bu bugo’ngi suhbatimiz maqsadi emas. Darhol o’tgan asrning 90-yillarini esga olamiz. Be’ul axborotlar davri o’tib ketdi, endi har bir baxtli kompyuter egasi loyihachilarga amaliy shartnoma tuzish, biznesi samaradorligini hisoblab chiqishi, sevimli buvasiga elektron pochta orqali xat yo’llashi uchun dasturlardan foydalanganligi uchun haq to’lashi kerak edi. Albatta shu bilan bir vaqtda dasturiy ta’minot uchun haq to’lash kerakligini foydalanuvchilar tushunib bordilar, ishlab chiqaruvchilar esa shu aksiomani qo’llay boshladilar. 1983 yilda iste’dodli dasturchi Richard Stollmenga hamkasblarining bank hisoblari jadal o’sib borishiga qarab turib joniga tegadi va g’aroyib ishni amalga oshiradi – erkin dasturiy ta’minot jamg’armasini (FSF) tahlil qiladi. Uning hamfikrlari paydo bo’ladi. Ular dasturiy ta’minotni tijorat maqsadida tarqatilishi aksiomasini poymol qiladilar. Bundan tashqari o’z dasturlaridan bepul foydalanishga ruxsat berish bilan birga (taajjubli holat!) dastlabki kodlarini barchaga tarqatadilar. 1991 yilga kelib ko’plab bepul va ochiq dasturlar ishlab chiqariladi (xabardor insonlar aytganlaridek – "GLP litsenziyasi ostida"). Bunga qo’shimcha SOPO yorqin tarafdorlaridan biri Linus Torvalds ismli inson dunyoga OC yadrosini sovg’a qiladi. Keyinchalik u yopiq dasturiy ta’minot dunyosiga muqobillik ramzi bo’lib qoladi.
Yana vaqt boyicha sakrash, hozir 2008 yil va operatsion tizimlar versiyalari soni endi juda ham ko’p, xohlaganingizni tanlang, biroq xohlagan tilda emas. Rus tilini yaxshi biladigan, undan tashqari ingliz tilini bilmaydigan va kirill yozuvini yaxshi bilmaydigan o’quvchi yoshlar buyruqlar, axborotlar mazmunini tushunishda qiyinchiliklarga duch keladilar, oxir-oqibat dasturiy ta’minot mohiyatini tushunmaydilar. Bu esa bizning yoshlarni orqaga, dasturiy ta’minot paydo bo’lishi davriga tortadi, kuchli uskunalar mavjud, lekin undan tushunarli va aniq muloqot vositasi sifatida foydalanish deyarli mumkin emas. Bu talab O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan e’tiborsiz qolmaganligi juda quvonchli. Agentlikning qo’llab-quvvatlashi natijasida Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab-quvvatlash markazi tomonidan ochiq hamda erkin tarqatiladigan milliy operatsion tizimni ishlab chiqish vazifasi amalga oshirildi. Bu operatsion tizim faqat o’quvchilar uchun emas, balki fermerlar, quruvchilar va neft qazib oluvchi sanoat markazlari, butun res’ublika ishbilarmonlari, maktab o’qituvchilari uchun kompyuter bilan aloqa qilishdagi to’siqlarni yo’qotadi. Ular endi qo’qrmasdan monitor oldiga o’tirib odatiy so’zlar paydo qiladigan tanish belgilarni ko’rishlari mumkin.
Rasm - 12. Doppix tizimini o’rnatish oynasi
|
| |