|
Windows 10 dasturining tashqi ko’rinishi
|
bet | 4/8 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 2,72 Mb. | | #99107 |
Bog'liq 3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимларWindows 10 dasturining tashqi ko’rinishi. Windows 10 OTi ishga tushganda monitor ekranida har doim uning “Start” menyusi paydo bo’ladi (1-rasm) va u ekranni to’liq egallaydi5.
Rasm - 7. Windows 10 OT asosiy ish stoli
Windows 10 versiyalari. Microsoft, har doimgidek Windows 10 operatsion tizimning bir necha versiyalarini ishlab chiqardi. Biroq, Windows 8.1 versiyasi bilan unchalik ko’p farq qilmaydigan interfeysni yaratdi. Windows “sakkiz” versiyasi esa o’zidan oldingi Windows 7 va Vista versiyalaridan ancha farq qiladi.
Microsoft firmasi Windows 10 ning quyidagi 4 variantlarini taklif qilgan:
Windows 10 Home (Windows 10 Core);
Windows 10 Professional;
Windows 10 Enterprise;
Windows 10 Education.
Bu to’rt variantlarning birinchi ikkitasi oddiy foydalanuvchilar uchun rejalashtirilgan, uchunchisi esa kor’orativ bozorlar uchun, to’rtinchi versiyasi esa ta’lim muassasalari uchun taklif qilingan. Bundan tashqari, Enter’rise va Education variantlar funksional jihatdan deyarli farq qilmaydi, bu ikkala variant eng “toʽliq” turi hisoblanadi6.
Rasm - 8. Windows 10 ning Pusk bosh menyusi
Windows yo’l ko’rsatuvchisi - papkalar darchalari bilan muomala qila olasiz va Windowsning yo’l ko’rsatuvchisi bilan sinovlar o’tkazishga tayyorsiz. Windowsning ilgarigi ba’zi yo’riqnomalarida Windows yo’l ko’rsatuvchisi dasturini ko’pincha Windowslarda fayl dispetcherlari (File Manager) ning yaxshilangan versiyasi – fayllarning “kuchaytirilgan” dispetcheri deb atashgan, lekin bu dasturni novigatsion panelining papka darchasi deb atash to’g’riroq bo’lardi. Bu panel sizning kompyuteringizning va uning tarmoq o’ramining “harita-sxemasi”dan iboratdir.
Windowsda bu tizimlarning imkoniyatlari takomillashtirilgan va kengaytirilgan, shaxsiy kompyuterda ishlashga yangicha soddalashtirilgan yondoshuv ta’minlangan. Bundan tashqari Windowsga zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning quvvatini maksimal darajada ishlatish imkonini beradigan bir qator eng yangi texnik yechimlar mujassamlashtirilgan.
UNIX OT 32 razryadli ko’p vazifali ko’p(kishi) foydalanadigan operatsion tizimlardir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o’zi turli kompyuterlarda – super kompyuterlardan Shk gacha foydalaniladi, bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan o’tkazish imkonini beradi.
UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o’zida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati – uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko’plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ko’plab ommaviy bo’lgan ilovalar UNIXda foydalanilishi mumkin.
UNIX oilasida bir nechta OTlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o’z nomiga ega, biroq ular umuman olganda UNIX OT bazaviy xususiyatlarini takrorlaydi. UNIX OTning faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarni beruxsat kirishdan muhofaza etishni ta’minlaydi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo’ljallangan UNIX Ware 2.0 – 32 razryadli ko’p(kishi) foydalanuvchili ko’p vazifali OTlar UNIX oilasidagi tarmoqli OT lar orasida keng tarqalmoqda.
|
| |