• Mobil aloqa xizmati operatorlari.
  • Mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta.
  • Mobil telefon va mobil aloqa muhiti




    Download 2,72 Mb.
    bet7/8
    Sana15.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #99107
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    3 мавзу Дастурий таъмин.Операцион тизимлар

    Mobil telefon va mobil aloqa muhiti. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo’lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti tayanch stantsiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib, abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini tahminlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha mahlumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to’lqinlari ko’rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
    Mobil aloqa xizmati operatorlari. Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining mobil tarmog’ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to’lovlarini yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko’rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “Yunitel” MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”, O’zbektelekom AK – “O’zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko’rsatilmoqda.



    Mobil aloqa hizmatlari: so’zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so’zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
    So’zlashuvtelefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stantsiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. SHundan so’ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog’lanadi va ushbu abonentlar orasida so’zlashuv (mahlumot almashinish) amalga oshiriladi. Yahni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o’zaro muloqoti - so’zlashuvdir.
    Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlar va so’zlashish mahlumotlari axborotlarning paketli ko’rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qaerda va qanday holatda bo’lishidan qathiy nazar u mobil aloqa atrmog’i orqali Internet xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega bo’ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat yoqtirilgan mobil telefon bo’lishi kerak.
    Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog’i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, yahni pochta xabarlarini olish, o’qish va javob yo’llash mumkin.






    Download 2,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil telefon va mobil aloqa muhiti

    Download 2,72 Mb.