• 3.Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari. Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: Skaner
  • Monitorlar.
  • Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi. Printer




    Download 0.8 Mb.
    bet7/8
    Sana23.09.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #83794
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH TENDENTSIYALARI
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
    Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi.
    Printer - SHKdan chiqariladigan axborotlarni qog‘ozga chop etib chiqarish uchun mo‘ljallangan.
    Monitor - displey ekrani bo‘lib, unda SHKda bajarilayotgan ishlar, buyruqlar, axborotlar, ular bilan vizual tanishish va kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi.
    Boshqaruv, adreslar va ma’lumotlar shinalari magistral shinalar bo‘lib, mikroprotsessor bilan ulanuvchi qurilmalarni ulash va mos ravishda buyruq va axborotlarni qurilmalar va MP orasida ayirboshlash uchun xizmat qiladi. .. 
     
    3.Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari.
    Ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: Skaner - bu ma’lumotlarni qog‘ozli hujjatdan bevosita SHKga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotlarni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko‘chirish apparatiga o‘xshab, qog‘ozli Hujjatning tasviri nusxasini qog‘ozda emas, balki elektron ko‘rinishda yaratadi — tasvirning elek­tron nusxasi yaratiladi . Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo‘g‘ini va istalgan «elektron stol»ning kerakli elementidir. O‘z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotlarni qog‘ozli hujjatlardan SHKga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog‘ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo‘yish mumkin.
    Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo‘ladi.
    Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‘qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi.
    Monitorlar. Monitorlar (displeylar) matnli va grafikli (chizmali) axborotlarni ekranga chiqaradi. Monitor, xuddi televizor kabi kineskop (elektron-nurli trubka) yordamida tasvirni shakllantiradi.
    Monitorlar tasvirni yuqori darajada aniq qilib ko‘rsatadi, u videokontrollerdan tayyor holda videosignal oladi.
    Monitorlar quyidagicha bo‘ladilar:
     rangli va monoxromli. Rangli monitorlarda tasvir qizil, yashil va ko‘k rangdagi lyuminoforning yaltiroq nuqtalari bilan aks ettiriladi. Mono-xromli monitorlarda bir xil rangdagi lyuminofor nuqtalari bilan aks ettiriladi;
     monitorlar turli o‘lchamda, ko‘pincha, 14 dan 21 dyuymgacha bo‘ladi;
     turli xil masofali. Masofa uzunligi, ko‘pincha, monitor sifatini va u ko‘rsatayotgan tasvirning aniq-ravshanligini bildiradi. Masofa qancha qisqa bo‘lsa, sifat shuncha yuqori bo‘ladi.
    Videokontrollerdan monitorga uzatiladigan videosignal tasvirni rangli nuqtalarning to‘g‘ri burchakli to‘riga o‘xshash ravishda tasvirlaydi. Nuqtalarning gorizontal va vertikal bo‘yicha soni - monitor imkoniyatini bildiradi.

    Download 0.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi. Printer

    Download 0.8 Mb.