Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha jamiyat




Download 223,42 Kb.
bet10/12
Sana02.02.2024
Hajmi223,42 Kb.
#150745
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-Maruza XORIJIY MAMLAKATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha jamiyat (DQS). Germaniyada sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha Amaliy ishlarni olib boradi.

Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha DQS jamiyati faoliyat olib borib, u firma va kompaniyalarning majburiy bo‘lmagan holda ya’ni ixtiyoriy ravishda murojaatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari RW TUV va bir necha xalqaro miq’yosda tanilgan Germaniya kompaniyalari ham sertifikatlashtirish ishlari bilan shug‘ullanishadi.

3.2.5. YAponiya sertifikatlashtirish tizimi faoliyati


YAponiyada asosan ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlari mavjud bo‘lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, raqobat tufayli majburiy sertifikatlashtirishga aylangan. Mahsulotlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish bilan birga ularning turli tekshiruvlari ham olib boriladi. Mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha 25 dan ortiq qonunlar mavjud bo‘lib, bularning ba’zilari faqatgina mahsulotlarni tekshiruvlarini olib borish faoliyatiga qaratilgan.
Standartlarga muvofiqligini kafolatlovchi, hamda sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha eng taniqli tashkilotlardan biri YAponiya sanoat standartlari komiteti (JISC) bo‘lib, u tomonidan ishlab chiqilgan standartlar qator vazirliklar tomonidan (qishloq xo‘jalik, tashqi savdo va sanoat, o‘rmonchilik, baliqchilik, qurilish, aloqa xizmati va maoriflarda) qabul qilingan. Oziq-ovqat, qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik mahsulotlari uchun JAS standartlari talablari asosida sertifikatlashtirishda ishlari olib boriladi. YAponiyada qishloq xo‘jalik assotsiatsiyasi tomonidan ham standartlar ishlab chiqilib, u qishloq xo‘jalik va o‘rmonchilik mahsulotlarini standartlashtirish va tamg‘alashga mo‘ljallangan.
Baliqchilik va o‘rmonchilik xo‘jaliklarida nazoratni ushbu vazirlik tomonidan ro‘yxatga olingan mustaqil tashkilot olib boradi.
Mahsulotlarga qo‘yilgan VCCI belgisi mahsulotning elektromagnit moslashuvchanligini bildiradi. Ushbu belgini olish va uni mahsulotlar yorlig‘iga qo‘llash ixtiyoriy sanaladi.
SG – belgisi 50 dan ortiq turdagi mahsulot va tovarlar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bu belgi ularning xavfsizligi haqidagi kafolat belgisi hisoblanadi, T – belgisi mamlakat ichki bozor savdosi va sanoat vazirligi tomonidan belgilangan bo‘lib, import mahsulotlar ya’ni elektrotexnika mahsulotlarining xavfsizligi belgisini bildiradi.



YAponiyada uchta shakldagi sertifikatlashtirish amal qilinadi: majburiy sertifikatlashtirish, qonuniy talablarga muvofiqligini tasdliqlash, milliy standartlarga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashtirish.
Majburiy sertifikatlashtirishni hukumat tasarrufidagi idoralar va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni xususiy idoralar shug‘ullanishadi.

YAponiya qonunlarida turli xil mahsulotlar va turli toifadagi tavsiflari hamda xavfsizliklarini belgilanadi.

Download 223,42 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 223,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha jamiyat

Download 223,42 Kb.