• BMT Evrop a iqtisodiy komissiyasi
  • X alqaro elektrotexnika komissiyasi




    Download 223,42 Kb.
    bet2/12
    Sana02.02.2024
    Hajmi223,42 Kb.
    #150745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Maruza XORIJIY MAMLAKATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

    X alqaro elektrotexnika komissiyasi - (MEK) ISO tashkilotidan farqli ravishda xalqaro sertifikatlashtirish tizimi va standartlarni ishlab chiqishda hamda mahsulot muvofiqligini sertifikatlashtirish va sinashda me’yoriy bazasining xavfsizlik qismlari bo‘yicha uslubiy muammolar bilan shug‘ullanadi.
    Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlar 1881 yildan boshlangan, chunki bu yili elektr bo‘yicha birinchi Xalqaro kongress bo‘lib o‘tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasi tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo‘yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
    MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
    ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
    Hozirgi vaqtda 41-ta milliy qo‘mitalar MEKning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda er qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
    MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u erda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatda saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh sekretar lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. Uning tashkiliy tuzilmasi 13-rasmda keltirilgan.
    1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faolèÿò ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.

    BMT Evropa iqtisodiy komissiyasi o‘zaro tan olish to‘g‘risida ko‘p tomonlama kelishish va ikki tomonlama faoliyatga yo‘naltirilgan "Sinov natijalarini tan olish" tavsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjat sinov laboratoriyalarini akkreditlash amaliyotini takomillashtirishda ijobiy o‘rin tutadi.



    Download 223,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    X alqaro elektrotexnika komissiyasi

    Download 223,42 Kb.