Sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti /EOK/ vazifalari




Download 223,42 Kb.
bet3/12
Sana02.02.2024
Hajmi223,42 Kb.
#150745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Maruza XORIJIY MAMLAKATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

3.1.1. Sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti /EOK/ vazifalari

Sifatni nazorat qilish Evropa tashkiloti EOKK (Evropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferensiyasi chaqirilgan yili - 1957 yilda tashkil topdi. Biroz keyinroq uni nizomi ham tasdiklandi.


EOKK ning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va amaliy masalalarini xal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning dolzarb muammolari bo‘yicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taaluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir.
1992 yili Evropa iqtisodiy uyushmasi (EES) doirasida umum Evropa bozori tashkil qilinishi bilan EOKK ning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqilgan.
U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti (EOKK) deb ataladi.
Sifat bo‘yicha Evropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos buluvchi xujatlari EOKK – ning nizomi ish tartibi qoidalari, qo‘mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar bo‘yicha yo‘nalish rejalari mavjuddir.
EOK tarkibida 26 - ta to‘liq huquqli a’zolari, 12 – ta jamoa muxbir a’zolari hamda 37 – ta alohida muxbir a’zolari va 10 - ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 - tasi bilan bitimlariga egadir.
EOK maxsus bitimlari asosida sifat bo‘yicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, yangi Zelandiya, AKSH, CHili, Janubiy Koreya va YAponiyalarning mintakaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdustlik aloqalari o‘rganilgan.
EOK ning oliy lavozim egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - kengash, ijroiya qo‘mitasi va sekretariatdir.
EOK ning ish yuritish rasmiy tillari ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy - texnikaviy jurnali Kvolitiga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi.
Hozirgi vaqtda EOK ning 12 ta texnikaviy qo‘mitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo‘yicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funksional – baholashni taxlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHM ning matematik ta’minlanishida sifat, sifat to‘garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavdjuddir. Bular quyidagilar:

  • Avtomobil

  • Energetika

  • Qurilish

  • Oziq-ovqat

  • Farmatsevtika

  • Sifat masalalari bo‘yicha maslaxatlar ko‘rsatish.

Texnikaviy qo‘mitalar va tarmoq seksiyalari EOK ning to‘liq huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida EOK ning a’zo mamlakatining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujatlaridan foydalanadi.


Sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya - (ILAK) 1977 yil (Kopengagen, Daniya)da birinchi bo‘lib tashkil etilgan.
Konferensiyani ish olib borishidan maqsadi savdoda texnik to‘siqlarni sinov laboratoriyalarini akkreditlash yo‘li bilan xalqaro darajadagi tamoyillar va usullarni, sinov natijalarini o‘zaro ishonchliligini o‘rnatish asosiy yo‘nilishdir.
ILAK o‘zining faoliyati darajasida xalqaro kelishuvni ikki turini ko‘zda tutadi:

    • akkreditlanmagan laboratoriya sinov sertifikatlari, bayonnomalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish;

    • milliy tizim akkreditlagan sinov laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishish (sertifikatlarni va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi).

O‘tgan asrning 90-yillarining o‘rtalarida Evropa Ittifoqida (ES) ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar sifati bo‘yicha yangi siyosat qabul qilindi.
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalariga asosan laboratoriyalarini akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarini aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari (ISO/MEK Rukovodstvo 2.86) o‘tkazishga huquq berishdan iborat.
Akkreditlangan sinovlar tushunchasi mahsulotni sertifikatlashtirish faoliyati bilan chambarchas bog‘langandir.
ILAK (Internationai Laboratory Accreditation Conference) birinchi marta 1977 yili Kopengagen (Daniya) da chakirilgan. ILAK ning yaratilishidan milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bilan amaldagi va xalqaro bitimlardagi ma’lumotlarni, mahsulotni sinash natijalarini va boshqa mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga harakat qilish.
1980 yilda chakirilgan ILAK ning konferensiyasida milliy tizimlarining akkreditlangan laboratoriyalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha amaldagi ikki va ko‘p tomonlama bitimlar haqida ma’ruza tayyorlashga qaror qabul qilindi.
Ish jarayonida ikki xil xalqaro bitimlar borligi namoyon bo‘ldi:

  1. Laboratoriyalarni akkreditlamasdan sinov natijalarini va sertifikat bayonnomalarini o‘zaro tan olish bitimi;

  2. Sinov laboratoriyalarining akkreditlash milliy tizimlarini o‘zaro tan olish bitimi (tan olishni sertifikatga yozish bilan).

SHu masalalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning natijalariga ko‘ra shunday bitimlar zarurligi qayd qilindi.
Laboratoriyalarning akkreditlash masalalari hozirgi kunda aktual bo‘lib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan materiallarni sistemali ravishda chop etilish zarurati tugildi. SHu masalalarda har doim ILAK o‘z materiallarining chop etilishini «Metrologiya» jurnali tahririyati bilan hamkorlikda amalda oshirilishiga qaror qildi.
1983 yili ILAK tashabbusi bilan sinov laboratoriyalari uchun sifat bo‘yicha qo‘llanma tuzishga tavsiyaviy loyiha tayyorlandi, 1986 yili esa bunday tavsiya qabul qilindi. ISO va MEK lar tomonidan qayta ishlangan bu hujjat ISO - MEK 49 qo‘llanmasi nomi bilan ma’lumdir.
ILAK tomonidan ishlab chiqarilgan xalqaro hujjatlar mahsulotni chetga chiqaradigan va chetdan mol olib keladigan mamlakatlardagi savdo – iqtisodiy siyosatiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Bunga misol tariqasida EES mamlakatlari tomonidan 1989 yili qabul qilingan akkreditlanuvchi laboratoriyalarga talablar asosini belgilovchi akkreditlar va sertifikatlashtirish idoralari uchun zarur Evropa EN – 45000 standartini ko‘rsatish mumkin.



Download 223,42 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 223,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifat bo‘yicha Evropa tashkiloti /EOK/ vazifalari

Download 223,42 Kb.