• Asosli yondashuv
  • Strukturalash tamoyili
  • 3-Mavzu: xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish faoliyati




    Download 223,42 Kb.
    bet5/12
    Sana02.02.2024
    Hajmi223,42 Kb.
    #150745
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1-Maruza XORIJIY MAMLAKATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

    Kooperatsiya tamoyillari va bir-birini to‘ldirish shunga olib boradiki, agar sifat siyosati milliy, regional va xalqaro saviyadagi talablarga javob bermasa, ishonch qozongan, samarali, qonuniy va texnikaviy bir muhit yaratilmasa ichki bozorning davomiyligi va intensivligini kafolatlay olmaydi.
    Asosli yondashuv shunga tayanganki, sifat siyosati ishlab chiqarish siyosatining asosiy strategik elementlaridan biri hisoblanishi ayrim sohada emas, balki keng ko‘lamda raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
    Ijtimoiylik tamoyili. Bu yo‘nalishda har xil milliy madaniyatlarning yumshoq integratsiyasi zarur. SHu bilan birga boshqaruvchi va ijro etuvchilar zvenosining bir-birini tushunishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish atmosferasini yaxshilash. Umumiy maqsad – birlashgan Evropadagi insonlar hayotiga aloqador bo‘lgan sifatni yaxshilash.
    Strukturalash tamoyili sifat infrastrukturasining barcha elementlari orasidagi hamkorlik va Evropa iqtisodiyoti talablariga javob berish maqsadida ularning kompaniyalar bilan hamkorligiga qaratilgan.
    YAngi sifat konsepsiyasining qo‘llanishi sifatga yondashishning o‘zgarishini ta’kidlaydi. Firmalarni boshqarish strategiyasining yangi falsafasini shakllantirish va iste’molchilarning talablarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida kompaniyaning butun faoliyat tarmoqlarining ish qobiliyatini yaxshilash va takomillashtirish lozim bo‘lib, bunda har bir tarmoq ichidagi munosabat va ular orasida «etkazuvchi – mijoz» prinsipiga asoslangan holda ish yuritiladi.
    YUqoridagi tamoyillar va maqsadlarga ko‘ra Evropa sifat dasturi tuzilgan (EQP) bo‘lib, bu dasturning asosiy maqsadi: ES iqtisodiyotining butun kuchini birlashtirish; mahsulotlar va xizmatlarning sifatini oshirish orqali raqobatdoshlikni oshirishga yo‘naltirish, ishlab chiqarish tashkilotlarining ishini mukammallashtirish.
    Dastur besh qismdan iborat:

    1. Sifatni oshirish va buni muhim va zururligini asoslab berish.

    1. Sifatni oshirish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish, rivojlantirish va namoyish etish.

    2. «Sifat infratuzilmasi» ning rolini oshirish.

    3. Ta’lim va malaka oshirish masalalari.

    4. Strukturaviy muvofiqlashtirish.

    Ushbu dasturning birinchi qismiga qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat:

    • Ichki bozordagi mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlovchi informatsiyalarni ishlab chiqaruvchi tashkilot rahbarlariga etkazish;

    • Jamiyat doiralarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilar orasida sifatga to‘liq izoh bera oladigan ruhdagi keng reklama kompaniyalarini olib borish;

    • Bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan firmalarni Evropa sifat mukofoti bilan taqdirlash uchun zarur choralarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

    • Boshqaruvchi va buyurtmachi orasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

    • Evropa mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi sifat ko‘rsatkichlari va mezonlarini o‘rganish;

    • Iste’molchiga etkaziladigan mahsulot haqidagi barcha ma’lumotlarni tegishli va belgilangan tartibda markalash, shtrixli kodlash yoki maxsus simvollar orqali ifodalash.

    Ikkinchi qismning vazifasi mahsulot sifatini yaxshilashda kompaniyalarga zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni ishlatishda hamkorlik qilish.
    Bu qismda quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

    • ES ichida ilg‘or tajribani sifat boshqaruvlariga yoyish va o‘zaro usullar almashtirishni ta’minlash;

    • YAngi texnologiyalarni kiritish jarayonini boshqarish maqsadida mintaqaviy va milliy saviyadagi tajriba almashish amallarini tashkillashtirish.

    Uchinchi yo‘nalish ES yagona bozorini boshqarishga salbiy ta’sir qiladigan sifat infrastrukturasiga ta’sir qilish va uni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan. Bu quyidagilardan iborat:

    • Tashkil etuvchi sifat infratuzulmasi va manfaatdor kompaniyalar orasidagi aloqani rivojlantirish, xususan, sinash, sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimida Evropa tashkilotlarining rolini oshirish;

    • A’zo-mamlakatlar orasidagi ma’lumot almashtirishni kengaytirish;

    • Sinov laboratoriyalari orasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari bilan hamjihatligini ta’minlash.

    Sifat siyosati kabi uning dasturi ham mahsulot sifatini ta’minlash jarayonida band bo‘lgan xodimlarning mutaxassislik darajasiga katta e’tibor beradi.
    To‘rtinchi qismning asosiy vazifasi sifat boshqaruvi jarayonlarida ishtirok etuvchi inson faktorlari boshdan-oyoq, yuqori zvenodagi boshqaruvchilardan past zveno ishchilarigacha o‘qitish bilan mehnat samaradorligini oshirish maqsadida qo‘yidagi masalalar e’tiborga loyiq:

    • Sifat boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislarni sertifikatlashtirish tizimini yaratish;

    • Milliy va mintaqaviy saviyadagi tegishli tashkilotlar orasida ekspertlar tayyorlashni rivojlantirish.

    Beshinchi qismning asosiy vazifasi «Sifat infratuzulmasi rolini oshirish va mustahkamlash uchun Evropa Sifat Partiyasi"ni tayyorlashdan iborat. Buning uchun ES standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tashkilotlari Evropadagi sifat muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tashkilotlar bilan hamjihatlikni ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat beradi.
    SHu bilan bir qatorda sinov markazlarining ishini boshqaruvchi milliy idoralarni qo‘llab-quvvatlash ham alohida o‘rin egallaydi. Bundan asosiy maqsad inson atrof muhitga zarari tegmasligi sharti bilan sifatni oshirish uchun qo‘llanadigan usullarini birlashtirishdan iboratdir.
    SHu tarzda ES sifat dasturi Evropa Ittifoqining mahsulot va xizmatlar bo‘yicha jahon bozorida o‘zining mavqeini kuchaytirishga, sifat bo‘yicha raqobatdoshlik ustivorligini ta’minlashga qaratganligidan dalolat beradi deyishimiz ham mumkin.
    Dasturni bajarishda amaliy ishlar sifat tizimini sertifikatlashtirish bilan bog‘liq.

    Download 223,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish faoliyati

    Download 223,42 Kb.