• DIN GEPRUFT
  • Standartlashtirish bo‘yicha Fransuz assotsiatsiyasi




    Download 223,42 Kb.
    bet9/12
    Sana02.02.2024
    Hajmi223,42 Kb.
    #150745
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1-Maruza XORIJIY MAMLAKATLARDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI

    Standartlashtirish bo‘yicha Fransuz assotsiatsiyasi (AFNOR) – sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarini va faoliyatni amalga oshiradi.

    Sertifikatlashtirishning tashkiliy tuzulishi va tarmoq standartlashtirish tizimi bilan milliy standartlar talablariga muvofiq reja asosida doimiy o‘zaro faoliyat olib borib yangi standart va me’yorlarni ishlab chiqadi.
    AFNOR, sertifikatlashtirish faoliyatini davlat idorasi sifatida va quyidagi tarmoqlar miqyosida boshqaradi: Fransuz tashqi savdo markazi (CNCE), Texnik reglamentlar va me’yorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazi (CINR), Elektrotexniklar Kengashi (UTE).

    3.2.4. Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyati


    Germaniyada sertifikatlashtirishning asosi bo‘lib Federal hokimiyat miq’yosida qabul qilingan qonunlar xizmat ko‘rsatadi. Bular o‘z ichiga sog‘liqni himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini, iqtisodiyot resurslarini, iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan qonunlarni qamrab oladi. Bu qonunlarga asosan 1968 yilda qabul qilingan «Jihozlarning xavfsizligini ta’minlash» qonuni kiritilib, bu konunning asosi bo‘lib tabiatni muhofaza qilish qonunlari xizmat kilgan.
    Ishlab chiqaruvchi yoki chetdan mahsulot olib kiruvchining mahsuloti texnik nazoratdan va federal hokimiyat tarafidan tekshirilgan bo‘lsa, u tekshirilganlik «xavfsizlik belgisi»ni qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Sertifikatlashtirish bo‘yicha Germaniyada faoliyat olib boradigan asosiy ettita tizim mavjud bo‘lib, ularning doirasida 400 dan ortiq boshqarmalar ish yuritadilar. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha eng faol ish olib boruvchi tashkilot sifatida DIN standartlariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ish olib boradigan Germaniya instituti (DIN) bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlar ushbu institut tizimidagi sertifikatlashtirish tashkilotidan o‘tgandan so‘ng unga DIN belgisi qo‘yilishiga ruxsat beriladi, bu belgi gaz, suv apparatlaridan tashqari barcha mahsulotlarga ishlatiladi.
    Elektr tarmoqlarini sertifikatlashtirish Germaniya elektrotexniklar kengashi (VDE) orqali bajariladi. Ilmiy tekshirish institutlarida va sinov laboratoriyalarida mahsulotni nazorat qilish ishlari olib boriladi.
    Germaniyada umummilliy sertifikatlashtirish tizimiga quyidagi tizimlar kiradi:
    A – reglamentlarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi;



    A1 - DIN standartlariga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi barcha turdagi mahsulotlarni/buyumlarni/ qamram olib, DIN standartida o‘rnatilgan talablariga muvofiqligiga solishtiriladi. Uga Germaniya standartlashtirish instituti rahbarlik qiladi. DIN standarti talablariga muvofiq buyumlar DIN GEPRUFT belgisi bilan tamg‘alanidi;



    A2 - VDE sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizim (VDE) elektrotexniklar Kengashi bo‘lib, Sinov va sertifikatlashtirish institutini (PZI) qo‘llab qo‘vvatlaydi va buyumlar VDE belgisi bilan quyiladi;



    A3 - DVGW sertifikatlashtirish tizimi. Bu sertifikatlashtirish tizimi gaz va suv ta’minoti bo‘yicha firma Assotsiatsiyalaridir. Germaniyaning bozorlariga etkazilib berilayotgan barcha gaz qurilmalari DVGW muvofiqlik belgisi bo‘lishi lozim;



    V – Germaniya sifat kafolati va RAL tamg‘alash instituti sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizimning qo‘llanish sohasi qishloq xo‘jaligi va qurilish materiallari uchun ishlatiladi va RAL sertifikatlashtirilgan mahsulotlarga muvofiqlik belgisi qo‘yiladi;



    S - GS belgisi bilan sertifikatlashtirish tizimi, Asbob-uskunalar xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga muvofiq buyumlar sertifikatlanadi;

    D – qurilish konsruksiyalarini federal me’yorlariga muvofiqligini nazorati uchun tizim;
    E – etalon va o‘lchash vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Metrologiya sohasida Federal idora bo‘lib Federal fizika-texnika instituti hisoblanadi;
    F – Germaniya sanoat qonunchiligining 24 bo‘limiga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizim bug‘ qozonlar, yuqori bosimli idishlar, yonuvchi suyuqliklarni tashish, portlashdan himoyalangan elektr qurilmalari va ko‘tarish qurilmalarini sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanadi.




    Download 223,42 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 223,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirish bo‘yicha Fransuz assotsiatsiyasi

    Download 223,42 Kb.