|
3. Rang turlari. Rang modullari
|
bet | 5/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #115925 |
Bog'liq 4-Maruza (2)HSB rang moduli. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Rang uch komponent yordamida ifodalanadi: turi (Hue) – yorug‘lik to‘lqini uzunligi; to‘yintirilganligi (Satura tion) – yorug‘lik to‘lqini chastotasi yoki intensivligi; yoritilganligi (Brigfitness) – yorug‘lik to‘lqini soni yoki rangning to‘q yoki ochligi. Yorug‘lik to‘lqinining amplitudasi bu yerda ishtirok etmaydi. Umumiy holda HSB modulining ixtiyoriy rangi oq va qora bo‘yoqlardan aniq foizda qo‘shilgan spektrial rangdan hosil qilinadi. Bu modul uch o‘lchamli koordinatalar siste masida quyidagicha joylashadi – birinchi o‘q konus asosi aylanasining chizig‘i, ikkinchi o‘q konus diametri bo‘lib aylananing ixtiyoriy nuqtasini uning markazi bilan tutashtiradi, uchin chi o‘q konus balandligi. Bundan foydalanib moduldagi ranglar sonini hisoblash mumkin. Konus asosi bo‘lgan aylanani 359 ta sektorga spektral ranglar bo‘yicha bo‘lamiz, har bir sektor 100 darajali yorug‘lik to‘lqini chastotasi, 100 darajali yorug‘lik to‘lqinini saqlaydi. Konus sirtining yuzasini hisoblash formulasidan bitta sektorda 5000 rang hosil bo‘ladi, agar uni sektorlar soni 359 ga ko‘paytirsak, HSB rangli modulidagi 1 795 000 ta ranglar soni kelib chiqadi. Rangning qiymati aylana markazidan yo‘nalgan vektor sifatida qabul qilinadi. Markazdagi nuqta oq rangga, aylana chegarasining nuqtalari esa spektral ranglarga mos keladi. Vektorning yo‘nalishi graduslarda berilib ranglar farqini ko‘rsatadi. Vektorning uzunligi ranglar to‘qligini ko‘rsatadi. Bunda boshlang‘ich nuqta qora rangga to‘g‘ri keladi. HSB rang moduli qamrovi barcha mavjud ranglarning qiymatini o‘z tarkibiga oladi. Rang yorug‘ligining pasayishi uning qorayishini bildiradi. Rangga qancha ko‘p miqdorda qora bo‘yoq qo‘shilgan bo‘lsa uning yorug‘ligi shuncha past bo‘ladi. Rang yorug‘ligi hosil qilish spektral rangga aniq foizdagi qora bo‘yoqni qo‘shish bilan xarakterlanadi.
|
| |