|
3. Rang turlari. Rang modullari
|
bet | 4/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #115925 |
Bog'liq 4-Maruza (2)
CIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab (Communication Internationale de I’Eclairage – xalqaro komissiya, L, a, b – bu sistemada koordinata o‘qlarining ifodalanishi) rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun ko‘p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o‘lkazish uchun qo‘llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug‘lik (L) va uning xromatik komponentlari: a – parametri yashil rangdan qizil ranggacha o‘zgarish diapazo nini, b – parametri ko‘k rangdan sariq ranggacha o‘zgarish diapazonini tashkil qiladi. CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar (monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo‘lganligi sababli tasvirni chiqarishdan oldin uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik jarayonlarni bir-biriga bogiash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilindan.
RGB rang moduli. RGB (Red, Green, Blue – qizil, yashil, ko‘k) rang moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmi ni hisoblash natijasida RGB modulning ranglar soni 16 111 216 ta bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 razryadli ranglar platasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar tabiatda uchramaydi. RGB rang moduli additiv bo‘lib, har qanday rang uch asosiy (qizil, yashil va ko‘k) ranglarning turli miqdorlari birikmasidan hosil qilinadi. Bu esa kompyuter grafikasini hosil qilish va qayta ishlashda asos bo‘lib, elektron aks ettirish (monitor, televizor) uchun xizmat qiladi. Agar asosiy rangning bir komponentini ikkinchisiga qo‘shsak, nurlanishlar yigindisining yorug‘ligi ortadi. RGB ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi, qora rang esa buning aksi o‘laroq minimal aralash masidan hosil qilinadi.
RGB modulini birlik kub misolida ko‘rib chiqishimiz mumkin.
3-rasm. RGB ranglar kubi moduli.
4-rasm. Asosiy ranglarning joylashuvi.
Ushbu rang moduli apparat-qurilmalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rangli monitorlarda, televizorlarda keng ishlatiladi. Bunda asosiy ranglar qizil, yashil, ko‘k ranglar bo‘lib, qolganlari shularning qo‘shilishidan hosil qilinadi. Kubning diagonallarida asosiy ranglar joylashgan bo‘lib, ularning kombinatsiyasi kulrangni beradi. RGB ranglarning modulga asos qilib olinganligining sababi shundaki, odam ko‘zining shu ranglarga ta’siri ko‘proq o‘rganilgan.
|
| |