|
3. Rang turlari. Rang modullari
|
bet | 1/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #115925 |
Bog'liq 4-Maruza (2)
Mavzu: Chizish masalalariga kompyuter yondashuvi.
Reja:
1. Yorug‘likning fizik xususiyatlari.
2. Kompyuterda ranglar palitrasi.
3. Rang turlari. 4. Rang modullari.
Tayanch iboralar: rang, ranglar palitrasi, rang modullari.
Yorug‘likning fizik xususiyatlari
Fizika nuqtayi nazaridan yorug‘lik fundamental tabiat hodisasi hisoblanadi, u elektromagnit tebranish orqali hosil qilinadi. Elektromagnit tebranishning umumiy shkalasida to‘lqin diapazoni yetarlicha kichik o‘rin egalaydi. Yorug‘lik to‘lqini kimyoviy reaksiya (yonish reaksiyasi) yoki qizdirish (elektr lampochkaning metall spirali) natijasida hosil qilinadi. Yorug‘likning to‘lqin oqimi o‘zi nurlanmaydigan obyektlarga tushadi va ulardan qaytishi orqali obyektlarning tasviri haqidagi tasawurni hosil qiladi. Har qanday tebranish jumladan yorug‘lik tebranishining ham to‘lqin uzunligi qo‘shni nurlar orasidagi masofa bilan xarakterlanadi va bu diapazon juda qisqa bo‘lib, taxminan 400–700 nanometr (nm) ni tashkil etadi.
Nanometr – millimetming milliondan bir qismi yoki metrning milliarddan bir qismi. Yorug‘likning to‘lqin uzunlik diapazo ni 300 birlikka yaqin.
Ixtiyoriy spektrning ko‘rinishini uchta komponent (qiymat) yordamida hosil qilish mumkin: to‘lqin uzunligi, to‘yinganlik va yoritilganlik.
Ranglar diapazonining to‘lqin uzunligi
Ranglar diapazoni
|
To‘lqin uzunligi (nm)
|
Qizil
|
650–700
|
Och qizil
|
600–649
|
Sariq
|
550–599
|
Yashil
|
500–549
|
Ko‘k
|
450–499
|
Binafsharang
|
400–499
|
To‘lqin uzunligi – bu biz qabul qiluvchi (ko‘ruvchi) nurdir.
To‘yinganlik – bu numing intensivligi yoki chastotasidir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ko‘k rangning intensivligi yashil hamda qizil rangnikiga qaraganda ancha kam.
Inson ko‘zi 350 000 ga yaqin rangni bir-biridan ajrata oladi.
Har bir rangni to‘lqin uzunliklari bir-biridan 3 nm farq qilishi mumkin. Keltirilgan taqsimot bo‘yicha ranglarni tanlash qiyin. Shuning uchun, 1931-yilda «yoritilganlik» bo‘yicha Xalqaro komissiya uchta asosiy ranglar (x, y, f ) kombinatsiyasini kiritdi, ya’ni biz ko‘rishimiz, sezishimiz mumkin bo‘lgan ixtiyoriy rang ni shu uchta komponentning kombinatsiyasidan hosil qilish mumkin.
(x, y, f ) rangning asosiy qismi bo‘lsa, u holda rang tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
X
X = , X + +Y F
|
Y
Y = , X + +Y F
|
F
F = , X + +Y F
|
bunda, X + U + F = 1 bo‘lishi kerak.
Rang – bu aniq chastotadagi turli yorug‘lik to‘lqinlarining to‘plami. Rangli informatsiyaning izohini chastotali xarakteristikalarda ifodalash – bu juda qiyin va kichik texnologik masala. Shuning uchun yorug‘lik oqimida filtrlar to‘plami yordamida majburiy taqsimlash bajariladi. Bu bosqich ranglar tahlili deb ataladi.
Rang – bu xuddi fizikadagidek, fiziologiyada ham juda murakkab jihat. Bu sohada yagona rang nazariyasi bilan juda ko‘p mutaxassislar shug‘ullanadilar. Shuning uchun, biz bu keng sohani kompyuter grafikasi uchun tegishli bo‘lgan qismi bilangina tanishib chiqamiz.
Jismning rangi nafaqat uning o‘z xossasiga, balki xuddi shu jismni yoritayotgan yorug‘lik manbayiga va insonning ko‘rish qobiliyatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, ayrim jismlar o‘zidan nurni qaytaradi (devor, doska, qogoz), ayrimlari esa o‘zidan nurni o‘tkazadi (sellofan, oyna). Agar sirt faqat ko‘k rangni qaytarsa, u qizil rang bilan yoritilganda xuddi qoraga o‘xshab ko‘rinadi. Xuddi shuningdek, agar yashil nur taratayotgan yorug‘lik manbayi faqat qizil nurni o‘tkazuvchi oyna orqali kuzatilsa, u ham qora bo‘lib ko‘rinadi.
|
| |