|
3. Rang turlari. Rang modullari
|
bet | 2/6 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #115925 |
Bog'liq 4-Maruza (2)Rang turlari
Axromatik rang ko‘k, yashil, qizil va h. k ranglarni bermaydi. Axromatik rang biz oq-qora televizor ekranida ko‘radigan tasvirdir. Axromatik nurning birdan-bir atributi bu uning intensivligidir.
Intensivlik skalyar qiymatga ega, agar intensivlik 1 ga teng bo‘lsa, u holda rang oq bo‘ladi, ko‘k rangning intensivligi 0,5 qiymatga mos keladi. Ikki sathli displey ekranida 2 × 2 o‘lchamli joyidagi intensivlik 5 ta qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
1- rasm. 2 × 2 o‘lchamli konfiguratsiya yordamidagi intensivlik sathi.
3 × 3 olchamli joyida esa intensivlik 10 ta qiymatga ega bo‘lishimumkin.
2- rasm. 3 × 3 o‘lchamli konfiguratsiya yordamidagi intensivlik sathi.
Bu holni matritsa ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
7
D(3) = 2
6
|
9
1
3
|
5
4
8
|
Bu matritsa qo‘zg‘alish matritsasi deyiladi.
Bu matritsani ixtiyoriy m × n holat uchun ham keltirish mumkin. Bayer ixtiyoriy n-uchun o‘zining matritsasini yaratdi.
0 8 2 10
12 4 14 6
D(4) =
3 11 1 9
15 7 13 5
D(8)=
0 32 8 40 2 34 10 42
48 16 56 24 50 18 58 26
12 44 4 36 14 46 6 38
60 28 52 20 62 30 54 22
3 35 11 43 1 33 9 41
51 19 59 27 49 17 57 25
15 47 7 39 13 45 5 37
63 31 55 23 61 29 53 21
Shunday qilib, ekranda haqiqiy tasvirni hosil qilish uchun nurning intensivligi muhim ahamiyatga ega.
Rang palitrasi
Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modulini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi.
Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, К – qizil , yashil, ko‘k) kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshi rish uchun vositadir.
|
| |