Modellashtirish va modelli - texnik tajriba




Download 59.5 Kb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi59.5 Kb.
#56739
1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyihalash
6, буйруқ 20 Каникул даври ўқув соатлари , буйруқ 25 Фан ойлиги март , Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik., 2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar Shaxs, Mavzu MYSQL, ruxsatnoma (1), Mundarija kirish I. Bob. IoTning asosiy tushunchalari va texnolo-fayllar.org, laws, O\'ktamov Umar-WPS Office, 1 Mavzu, 4 Mavzu, 8 Мavzu, 1
Modellashtirish va modelli - texnik tajriba. Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.
Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.
Xarakteri bo‘yicha – bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalaga ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.
O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.
Texnik modellashtirish jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribasini qator murakkab vazifalarni qo‘yidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muofiqligini ko‘rsatadi:
Chizmalar eskizlarini o‘qish va tayorlanadigan detalllar konstruksiyasini tushuntirish.
Xisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarining o‘zgartirish, ana shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash.
Detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylariga ko‘ra konstruksiyalash.
Konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni loyixalash.
Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha detallarni konstruksiyalash.
Texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayorlash.
Detallarni uzellarga, uzellarni modelga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish.
Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modellarni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Xar bir bosqichni bir muncha batafsil tushuntiramiz.
2. Agar o’quvchilar bilish-ijrochilik faoliyati doirasida tayor texnik-texnologik xujjatlar bo‘yicha model yasasalar, ular birinchi galda modelning konstruksiyasini, detallar va uzellarning eskiz hamda chizmalarini, ularga ishlatilgan materiallarni o‘rganadilar, har bir detalni, uzelni va umuman modelni sinchiklab konstruktiv analiz qilib, mana shu modelga xos konstruktiv va texnnologik nuqsonlarini aniqlaydilar.
O’quvchilar olingan ma’lumotlar asosida detalga, uzelga tegishli konstruktiv o‘zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli xisoblashlarni amalga oshiradilar, chizmalardagi o‘lchamlar va geometrik shakllarni to‘g‘irlaydilar, modelning o‘zgargan konstruksiyasining kinematik (prinsipial) sxemasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning konstruksiyalarini tanlashda standartlash va unifikatsiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni yangi nomukammal detallarni o‘ylab topmaslik, balki ko‘p marta amalda sinalgan, tayorlash va yig‘ish qo‘lay standart detallardan unifikatsiyalangan uzellar va mexanizmlardan foydalanish kerak.
Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning, uzellarni mustaxkamlashning eng ratsional usularini aniqlash amalga oshiriladi.
Model konstruksiyasini, uning ishlov berish (tayorlash va yig‘ish) uchun qo‘layligini tanqidiy analiz qilish ba’zan talalabalardan ilgarigi yechimlarni qayta ko‘rib chiqishni, yangi detallarni loyixalashni, so‘ng ularni takomillashgan konstruksiyaning xisobga olib joylariga moslashtirishni, yig‘ish operatsiyalarning xarakterini o‘zgartirishni va bunda zarur texnologik jixozlashni nazarda tutishni taqazo etadi.
Model konstruksiyasida qo‘yilgan talablar o‘zgarsa yoki ortsa, unga boshqacha vazifa yuklans, bu konstruksiyani modelning kinematik sxemasida ko‘rinadigan tubdan takomillashtirish, yangi uzellar va mexanizmlarni konstruksiyalash yoki tanlash, ulardagi ayrim detallarni almashtirish zaruriyati tug‘iladi. Bu ish o’quvchilardan texnik konstruksiyalash va modellashtirish jarayonida jiddiy ijodiy kuch-g‘ayrat sarfdashni talab qiladi.
O’quvchilar modellashtirishni o‘rganishning birinchi bosqichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muxim malumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda O’quvchilar o‘z ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. Chunki xato, obyektning chizmasi, texnik shartlari va texnologik kartalar mavjud bo‘lsa-da, O’quvchilar muayan darajada mustaqillik ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi. Ular avvalo texnik xujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o‘qiy olishlari, buyumni tayorlash va yig‘ish texnologiyasini o‘rganib chiqishlari kerak. Xususan chizmaga muvofiq materialni to‘g‘ri tanlash, kerakli asboblarni, detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil xal qilish lozim bo‘ladi. Bu bosqichda O’quvchilar muayan bilimlarni, ko‘nikma va amaliy malakalarni o‘zlashtiradilar, ammo konstruksiya yechimlarini topish uchun asosiy izlanish amalga oshmaydi.
Modellashtirishning o‘rgatishning ikkinchi bosqichi O’quvchilar topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlarni olmasligi bilan xarakterlanadi. Ular ma’lumotlarni bir qismini spravochnik adabiyotidan foydalanib va buyum konstruksiyasini ishlashga ijodiy yondashib mustaqil holda topishlari kerak. qisqartirilgan texnologiya xujjatlarida ham chizmalarni o‘qish va ishlashga doir, ham konstruksiyalash va texnologik jarayonni tuzishga doir topshiriqlar nazarda tutilishi tavsiya etiladi. Shu tariqa O’quvchilar yetishmaydigan detallarni topish uchun chizmachilikka shuningdek, konstruksiyalash va texnologiyaga doir muayan bilimlarni ijodiy qo‘llashlari kerak.
Qisqartirilgan texnik xujjatlarni bajarishda O’quvchilar tobora murakkabroq vazifalarni xal qilishlari kerakligi xisobga olinadi.
Modellashtirishni o‘rgatishning uchinchi bosqichi-O’quvchilarning model uchun texnik topshiriqni bajarish bo‘yicha mustaqil holda ishlashidir. Bunda O’quvchilar uchun texnik adabiyotlar bilan ishlashga, konstruktorlik, texnologik va tashkiliy masalalarni hal qilishga, eskizlar, chizmalar, sxemalarni turli xisoblashlarni bajarishga, detallarni tayorlash va ulardan modelni yig‘ishga, uni ishda sinab ko‘rishga hamda tegishli tuzatishlar qilishga to‘g‘ri keladi.
Texnik modellar uchun ishlab chiqariladigan texnologik xujjatlarni ikki variantda bajarish mumkin:

  1. Umumiy ko‘rinishning rasmi, tavsiloti, yig‘ish va detallashtirish chizmalari shaklida;

  2. Umumiy ko‘rinishning fotosi, tavsiloti, uzellarning tuzilishi va detallashtirilgan chizmalarning, kinematik sxemalarning fotolari hamda modelga qo‘yiladigan talablar shaklida.




Download 59.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 59.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modellashtirish va modelli - texnik tajriba

Download 59.5 Kb.