31-mavzu: Pagemaker dasturi va unda ishlash
asoslari
Reja;
1) Page Maker dasturini ishga tushirish
2) Xotiradagi hujjatni o`qish
3) Yo`naltiruvchi chiziqlar va koordinata chizg`ichlarini akslantirish
4) Simvollarni formatlash
Page Maker dasturi uchun matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Matn
muharrirlari matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun maxsus tuzilgan dasturdir. Lekin bu
muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda yozish qiyinchilik tug`diradi,
yoki matnning
bir qismini ramkaga olish yoki bo`lmasa ustunlar orasida vertikal chiziqlar chizish kabi ishlarni
bajarisn mumkin emas. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlash uchun maxsus tuzilgandir. Bu
dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlarni qabul qilib, sahifaning yakuniy
ko`rinishni tayyorlaydi. Matnni tahrir qilishda o`zingiz yaxshi bilgan
ixtiyoriy matn muharriridan
foydalanishingiz mumkin. Microsoft Windows ga tegishli Write dasturi matnni tahririash uchun
juda qulaydir. Matnni tayyorlashda Word muharririning imkoniyati kengroqdir. Word muharriri
Windows bilan ishlashga, ham Page Maker dasturi bilan ishlashga moslashtirilgandir
Kompyuter xotirasiga yozilgan matnni ko`zdan kechirib o`qib chiqish ko'p
vaqt talab
qilmaydi. Ko`pgina matn muharrirlari sintaksis xatolarni tekshitruvchi dasturlarni o`z ichiga
oladi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga tuzatishdan oldin albatta uning xatolarini
tekshirish lozimdir. Chunki, nashriyot dasturida tuzatilgan matnni qayta matn muharririga
uzatish mumkin emas, Word matn muharririda turli shriftlardan foydalanish imkoniyati bor.
Shuning uchun matnni tahrirlab bosib chiqarishda shu matn muharrirlaridan
foydalanish
mumkin.
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning
o`ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin quyidagilami qabul qiladi:
•
shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harf va kichik harflar. qo`shtirnoq
va tire
simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;
•
matn muharririda o`rnatilgan chap chegara o`zgarishsiz qoladi. Page Maker matn satrini
ustun kengligida ajratadi;
•
matnning chap va o`ng chegaralari Page Maker dasturi o`rnatgan
ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Misol uchun,
matnli faylda chap
chegara 1 duym qilib berilgan bo`lsa, u holda Page Maker matnni joylashtirishda
ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiradi;
•
Enter yoki Return klavishalari paragraming oxiri deb qabul qilinadi;
•
tabulatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi.
Page Maker da ustunning l ta satridagi tabulatsiya simvollarining soni 20 tadan
oshmasligi kerak. Har bir qatorning oxiri karetkani qayrish simvoli bilan belgilanadi.
Siz ishlatgan shrift o`rnatilgan printerda bo`lmagan taqdirda Page Maker dasturi o`sha
shriftni eslab qoladi. Matnni bosib chiqarishda o`sha shriftga ko`rilishi yaqin bo`lgan shrift
ishlatiladi. Keyinchalik esa printemi almashtirib kerakli shrift bilan matnni bosib
chiqarish
mumkin.
Page Maker 2 Mbaytgacha bo`lgan matnii fayllarni qabul qiladi, lekin vaqtdan yutish
maqsadida katta hajmli fayllarni hajmi 64 Kbaytgacha bo`lgan bir nechta fayllarga bo`lish
tavsiya qilinadi. Windows muhitidagi Clipboard sohasi 64 Kbaytgacha bo`lgan fayllar bilan
ishlashga mo`ljallangandir. Matnlarni ko`pincha Page Maker dasturining o`zida formatlash
qulay
hisoblanadi.