Uskunalar paneli
- «Strelka» (Pointer) asbobi biror-bir obyektni tanlash uchun ishlatladi.
- «Matn» (Text) asbobi klaviaturadan matn kiritish uchun ishlatiladi.
- «Burilish» (Rotating) obyektlarni burish imkonini beradi.
- «Ramka» (Cropping) asbobi tasvirlarni ramka ichiga joylashtirish imkonini beradi.
- «To`g`ri chiziq» (Line) asbobi yordamida to`g`ri chiziq chizish mumkin.
- «Perpendikular» (Constrained Line) asbobi yordamida gorizontal chiziqqa nisbatan 45
gradusga karrali bo`lgan burchaklar ostida to`g`ri chiziq chizish mumkin.
- «To`g`ri to`rtburchak» (Rectangle) yordamida to`g`ri to`rtburchak chizish mumkin. Agar Shift
klaviaturasi bosib turilsa, kvadrat chiziladi.
- «Ellips» (Oval) - aylana va ellips shakllarini chizish uchun ishlatiladi. Aylana chizish uchun
Shift klaviaturasini bosib turish kerak.
- «Ko`pburchak» (Poligon) asbobi muntazam va yulduzsimon ko`pburchaklar chizish imkonini
beradi.
- «Lupa» (Magnifying Glass) - tasvirni kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkonini beradi.
Ctrl+bo`sh joy klaviaturalari bosilsa ham shu ishni bajarish mumkin.
Uskunalar panelidagi biror asbobda sichqoncha knopkasini ikki marta bosilsa, avvalgi
ishlatilayotgan asbob inkor qilinib, ekranda yangisiga tegishli muloqot oynasi ochiladi.
4.
Simvollarni formatlash
Matn muharrirlarida ishlatiladigan shriftlaming turlari ko`p. Ular shrift garnituralari deb ataladi
va har bir garnituraning nomi bor.
Page maker dasturida simvollarni formatlash vaqtida shrift garniturasining nomini, shriftning
kattaligi - kengligini, satrlar orasidagi masofa - interlinyani va simvollarning yozilishi turlarini,
simvollar kengligini o`rnatish va simvollar orasidagi masofani kerning va treking yordamida
o`zgartirishimiz mumkin.