|
4 – Ma’ruza. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(oyd) haqida Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining xususiyatlari
|
bet | 2/3 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 85,47 Kb. | | #147849 |
Bog'liq 4-ma\'ruzaObyekt nima?
Obyekt Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obyektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, it, mushuk, televizor va h.k.
Ularning barchasining albatta hususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funktsiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funktsiyalari: ovqat yeyishi, myovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina, hususiyatlari: tezligi, rangi, nomi, narxi; funktsiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi, eshiklarning ochilib yopilishi v.h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va funktsiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir.
Bir daqiqaga to'xtang va hozirda atrofingizdagi biror narsalarni analiz qiling. Har bir obyekt uchun o'zingizdan so'rang: "Bu obyektning qanday hususiyatlari bor?" , "Qanday vazifalarni bajaradi?" kabi. Va kuzatish natijalaringizni yozib oling, sezgan bo'lsangiz tuziladigan ro'yxat obyektning murakkabligiga qarab ko'payib boradi. Kompyuter indikatorining 2 ta hususiyati bor o'chiq va yoniq; funktsiyalari esa yonish va o'chish. Bu barcha kuzatishlar OYD dunyosiga o'tkazish mumkin.
Dasturlashdagi obyekt.
Dasturlashdagi obyekt(bundan keyin oddiygina obyekt deb ketiladi) ham haqiqiy hayotdagi obyektlarga o'xshash: Ular ham qandaydir hususiyatlar va bajaradigan funktsiyalardan iborat bo'ladi. Obyektning hususiyatlari har xil dasturiy o'zgaruvchilardan iborat bo'ladi va ularning o'zgartirish uchun qandaydir funktsiyalar bajariladi. Bunday funktsiyalar bilan o'zgaruvchilarning holatini berkitish mumkin ya'ni aynan o'sha o'zgaruvchini tashqaridan o'zgartirish uchun albatta maxsus funktsiyadan foydalanish kerak bo'ladi. Bu jarayon "Enkapsulatsiya" deb atalib, OYDning eng muxim tushunchalaradian biridir. Hech e'tibor berganmisiz dorilarda ham shu termin ishalitladi ya'ni kapsula(ustidan maxsus modda bilan o'ralgan dorilar), buni misolni
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
4 – Ma’ruza. Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(oyd) haqida Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining xususiyatlari
|