• 28-rasm. Tovarning sifati Tovar assortimenti
  • Estеtik Qo’shimcha O’rnatish, ishga tushirish, tuzatish, almashtirish huquqi, likvidlik Simvolik
  • Fizik Tovar sifati
  • Kundalik ehtiyoj tovarlari
  • Obro’-etiborli tovarlar
  • Sotiladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar




    Download 12,29 Kb.
    bet2/3
    Sana10.12.2023
    Hajmi12,29 Kb.
    #114991
    1   2   3
    Bog'liq
    4- mavzu. Marketing tizimida tovar siyosati reja-fayllar.org

    Sotiladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar quyidagicha ta'riflanishi
    mumkin:

    talabning mavjudligi va sotishning qulay sharoitlari;

    xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish va o’xshash tovarlarga nisbatan
    qo’shimcha ijobiy xususiyatlarga ega bo’lish, ya'ni raqobatbardosh bo’lish;

    xavfsizlik, ishonchlilik, sifatlilik;

    reklama, tovar va uni ishlab chiqaruvchilar haqidagi axborot, savdo
    markasi, marketing tayyorgarligining mavjudligi;

    bozor uchun yangiligi;

    iste'molchiga to’g’ri keladigan narx (narxning pastligi; xaridor tovardan
    olmoqchi bo’lgan natija; to’lanadigan narx evaziga oladigan sifat darajasi);

    modelning mashhurligi va tovar ishlab chiqaruvchilarning obro’si;

    g’irrom raqobatdan va kelishilmagan takror ishlab chiqarishdan
    himoyalanganligi;

    savdo (sotish) tarmog’ining mavjudligi, ochiqligi;

    servis xizmat ko’rsatish va kafolatlar, almashtirishning osonligi.
    Bu asosiy talablarga rioya qilish bozorga chiqariladigan tovarning uzoq vaqt
    davomida talab bilan ta'minlanishi uchun sharoit yaratadi.
    Qarorni modеllashtirish

    28-rasm. Tovarning sifati 
    Tovar assortimenti - bu ikkita asosiy ko’rsatkich: kenglik va chuqurlik
    bilan tavsiflanishi mumkin bo’lgan korxonaning tovar mahsuloti yig’indisidir.
    Assortiment kengligi har xil tovarlar yoki ular guruhlarining soni bilan, chuqurligi
    Go’zalligi, usulubi, jozibaligi

    Estеtik 
    Qo’shimcha 
    O’rnatish, ishga tushirish, tuzatish,
    almashtirish huquqi, likvidlik
    Simvolik 
    Statusi, obrўyi, klassi
    Texnik ko’rsatkichlari, ta’mi, vazni,
    mustahkamligi, shakli, rangi hidi
    Fizik
    Tovar sifati 


    esa - modifikatsiyalar, bitta guruh doirasida bu tovarlarning variantlari, ya'ni


    ehtiyojlarni qondirishning har xil darajalariga mo’ljallangan tovarlarning soni bilan
    aniqlanadi.
    Tovar assortimentining rivojlanishi korxona marketingining eng muhim
    funktsiyasi hisoblanadi. U ishlab chiqaruvchining an'anaviy yoki yashirin
    texnikaviy va moddiy imkoniyatlarini muayyan iste'mol qiymatiga ega bo’lgan,
    xaridorni qondiradigan va korxonaga foyda keltiradigan mahsulot va xizmatlarga
    tadbiq etishda namoyon bo’ladi.
    Bozordagi tovar taklifining xilma-xilligiga faqatgina assortimentni
    kengaytirish yo’li bilan erishilmaydi. Agar taklif etiladigan tovarlar to’plami sifati,
    assortimenti va narxlari bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lsa, birinchi o’ringa ularning
    servisi chiqadi. Servis eng ko’p yakkalangan va bozorga taklif etilgan tovarlarning
    raqobatbardoshligini qo’shimcha ravishda oshirish, mustahkamlashning eng
    muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Firmaning iste'molchilar orasidagi
    imijini ham servis aniqroq belgilaydi.
    Qator belgilariga qarab tovarlarni quyidagilarga bo’lish (tasniflash) mumkin:

    bevosita insonlarning shaxsiy extiyojlarini qondirishga mo’ljallangan
    tovarlar, ya'ni iste'mol tovarlari;

    boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlatiladigan
    tovarlar yoki ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar (ishlab chiqarish vositalari).
    Iste'mol tovarlari uchun marketingda tasniflashning ikki shakli mavjud.
    Birinchisi iste'mol xususiyatiga asoslanadi. Bunda tovarlarning uch kategoriyasini
    ko’rsatadilar:
    1. Qisqa muddat, bir yoki bir necha marta ishlatiladigan tovarlar.
    2. Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Ular ko’p marotaba ishlatiladi.
    3. Xizmatlar - insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti-
    harakatlar. Xizmatlar sotish ob'ekti bo’lib hisoblanadi (kiyim tikish, soatlarni
    tuzatish va hokazo).
    Iste'mol tovarlarini tasniflashning ikkinchi shakli iste'molchining xatti-
    harakatlari, uning iste'mol jarayonidagi odatlariga asoslanadi. Unda ham
    tovarlarning uch kategoriyasi ko’rsatiladi:
    1. Kundalik ehtiyoj tovarlari - bu ko’p o’ylamasdan, o’zaro taqqoslashga
    harakat qilmasdan, tez-tez xarid qilinadigan tovarlar (gugurt, xo’jalik mayda-
    chuydalari, yozuv qurollari).
    2. Jiddiy tanlov tovarlari - bu sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi
    ko’rinishi o’xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar (kiyim, mebelь, elektr
    tovarlari). Iste'molchi o’ziga kerakli tovarlarni topish uchun ma'lum kuch sarf
    qiladi.
    3. Obro’-e'tiborli tovarlar - haqiqatan ham faqat o’ziga xos
    xususiyatlarga ega bo’lgan yoki mashhur ishlab chiqaruvchi firmaning nomi bilan
    bog’liq bo’lgan tovarlar.

    Download 12,29 Kb.
    1   2   3




    Download 12,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sotiladigan tovarlarga qo’yiladigan talablar

    Download 12,29 Kb.