4 ‒ mavzu.Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari
Reja:
Kompyuter prezentatsiyasi tushunchasi.
PowerPointning foydalanuvchi interfeysi.
PowerPoint prezentatsiya slaydiga rasm va ob’yektlarni qo’shish.
PowerPoint dasturida taqdimotga animatsion effektlarni joylashtirish va ularni sozlash.
Kompyuter prezentatsiyasi tushunchasi
Har qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida ish rejalari va taklif etayotgan mahsulotlari haqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishga to’g’ri keladi. Bunday vaqtlarda u ma’ruzani tez, yaxshi, sifatli, tushunarli va chiroyli qilib tayyorlashi zarur bo’ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qanday dasturiy ta’minot turlaridan foydalanish mumkin degan savol tug’iladi. Matn muharriri uning barcha muammolarini hal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydalanish va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli yechimga olib kelishi mumkinmi? Bu muammoni yechishda, ya’ni chiroyli taqdimot tayyorlashda eng samarali va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi – PowerPoint ADPdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. SHK reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida:
qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
cho’ntak daftarchasi;
elektron prezentatsiyalarni olish mumkin.
PowerPoint ADP 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo prezentatsiyalarni yaratishda etakchi o’rinni tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga qo’shimcha prezentatsiyalarni qo’llashning Yangi usullari kiritildi. PowerPoint ADPdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi hoh u Yangi ish boshlovchi bo’lsa, hoh tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan Yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
|