|
Katta ma’lumotlar: asosiy tushunchalar
|
bet | 11/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1 3.1. Katta ma’lumotlar: asosiy tushunchalar.
Katta ma’lumotlar - bu turli maqsad va vazifalar, ishlov berish usullari, turli xil holatlar va yondashuvlar uchun tuzilgan va tuzilmagan ma’lumotlarni qayta ishlash.
Tuzilmaydigan ma’lumotlar - bu ma’lum tartibda tashkil etilmagan yoki dastlabki tuzilishga ega bo‘lmagan ma’lumotlar.
«Katta ma’lumotlar» atamasi Nature jurnali Klifford Linch tomonidan 2008-yilda dunyoda ma’lumotlarning o‘sishiga bag‘ishlangan maxsus sonida kiritilgan.
2018-yil o‘rtalariga kelib Vikipediya Big Data atamasiga quyidagi ta’rif berdi:
«Katta ma’lumotlar bu 2000-yillarning oxirida paydo bo‘lgan va ma’lumotlar bazasini boshqarishning an’anaviy tizimlari va Business Intelligence echimlariga muqobil bo‘lgan gorizontal miqyosda kengaytiriladigan dasturiy vositalar tomonidan samarali ishlov berilgan ulkan hajm va sezilarli xilma-xillikka oid tuzilgan va tuzilmagan ma’lumotlarning ta’rifidir.»
Ko‘rib turganingizdek, ushbu ta’rifda «ulkan», «ahamiyatli», «samarali» va «alternativ» kabi noaniq atamalar mavjud. Masalan, 4 Terabayt (noutbuk uchun tashqi qattiq disk sig‘imi) katta ma’lumotmi yoki yo‘qmi? Vikipediya ushbu ta’rifga quyidagilarni qo‘shadi: «keng ma’noda» katta ma’lumotlar «ulkan ma’lumotlar to‘plamini tahlil qilish uchun texnologik imkoniyatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida aytiladi, ba’zi bir muammoli sohalarda butun dunyo miqyosidagi ma’lumotlar va bundan kelib chiqadigan transformatsion oqibatlar.
Eng sodda ta’rifdan xam foydalanish mumkin:
«Katta ma’lumotlar - bu uchta operatsiyani bajarish uchun mo‘ljallangan texnologiyalarning birikmasi:
1. «Oddiy» ssenariylarga qaraganda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash
2. Juda katta hajmda juda tez keladigan ma’lumotlar bilan ishlash. Ya’ni, ma’lumotlar shunchaki ko‘p emas, lekin doimiy ravishda tobora ko‘payib bormoqda
3. Tarkibiy va yumshoq tuzilgan ma’lumotlar bilan parallel va turli tomonlarda ishlash imkoniga ega bo‘lish. ”
IBS tahlilchilariga ko‘ra «butun dunyo miqyosidagi ma’lumotlar hajmini» quyidagi qiymatlar bilan baholadi:
2003-yil - 5 ekzabayt ma’lumotlar (1 EB = 1 milliard gigabayt)
2008-yil - 0,18 zettabayt (1 ST = 1024 ekzabayt)
2015-yil - 6,5 zettabaytdan ko‘proq
2020 - 40–44 zettabayt (prognoz)
2025-yil - bu hajm yana 10 baravar ko‘payadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, katta ma’lumotlar kuniga 100 Gb dan ortiq ma’lumotlar oqimini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ushbu oddiy atamada faqat ikkita so‘z mavjud - ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash. Bugungi dunyoda Big Data - bu keng ko‘lamli ma’lumotlarni tahlil qilish uchun yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
|
| |