• 3.2.1-rasm. Katta ma’lumot asoslari
  • -rasm. Ma’lumotlarning katta o‘sishi indeksi




    Download 6,73 Mb.
    bet12/77
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,73 Mb.
    #258613
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
    Bog'liq
    Kitob. 1

    3.1.1-rasm. Ma’lumotlarning katta o‘sishi indeksi

    3.2. Uch “V” va uchta katta ma’lumotlar prinsiplari


    Katta ma’lumotlarning aniqlovchi xususiyatlari, ularning jismoniy hajmidan tashqari, ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish vazifasining murakkabligini ta’kidlaydigan boshqa xususiyatlardir.
    Meta Group kompaniyasi 2001 yilda Meta Group kompaniyasi tomonidan har uch jihat bo‘yicha ham ma’lumotlarni boshqarishning bir xil ahamiyatliligini namoyish etish uchun VVV atributlari to‘plamini (VVV - volume, velocity, variety) (hajm, tezlik, xilma-xillik - jismoniy hajm, ma’lumotlarning o‘sish sur’ati va tezkor qayta ishlash zarurati, turli xil ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida qayta ishlash qobiliyati) ishlab chiqdi.

    3.2.1-rasm. Katta ma’lumot asoslari


    Kelajakda talqinlar to‘rtta V (veracity – ishonchlilik ko‘shilgan), beshta V (viability - hayotiylik va value – qiymat ko‘shilgan) va yettita V (variability - o‘zgaruvchanlik va visualization – vizualizatsiya ko‘shilgan) bilan izoxlanadi.
    Yuqoridagi ta’riflarga asoslanib, katta ma’lumotlar bilan ishlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    1. Gorizontal masshtablash. Bu katta ma’lumotlarni qayta ishlashning asosiy prinsipi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, har kuni ko‘p ma’lumotlar bor. Shunga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar taqsimlanadigan hisoblash tugunlari sonini ko‘paytirish kerak lekin ishlash samarasini buzmasdan amalga oshirilishi kerak.
    2. Kamchiliklarga bardoshlik (otkazoustoychivost). Ushbu tamoyil avvalgisidan kelib chiqadi. Klasterda juda ko‘p hisoblash tugunlari bo‘lishi mumkin (ba’zida o‘n minglab) va ularning soni, mumkin, ko‘payadi va mashinaning ishdan chiqishi ehtimoli ham ortadi. Katta ma’lumotlar bilan ishlash usullari bunday holatlarning ehtimolini hisobga olishi va profilaktika choralarini ko‘rishi kerak.
    3. Ma’lumotlarning lokalligi. Ma’lumotlar juda ko‘p sonli hisoblash tugunlari bo‘ylab taqsimlanganligi sababli, ular bitta serverda joylashgan bo‘lsa va boshqasida ishlov berilsa, ma’lumotlarni uzatish xarajatlari asossiz ravishda oshib ketishi mumkin. Shuning uchun, ular saqlanadigan mashinada ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
    Ushbu prinsiplar an’anaviy, markazlashtirilgan va yaxshi tuzilgan ma’lumotlarni saqlash uchun vertikal modellardan farq qiladi. Shunga ko‘ra, katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yangi yondashuvlar va texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. 

    Download 6,73 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




    Download 6,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ma’lumotlarning katta o‘sishi indeksi

    Download 6,73 Mb.