|
Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM). Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)
|
bet | 4/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 11.2. Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM). Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)
Enterprise Resource Planning System (ERP) — Korxona resurslarini rejalashtirish tizimi —korxonaning ichki va tashqi resurslarini (yetarli fizik aktivlar, moliyaviy, material-texnik va inson resurslari) boshqarish uchun integrallashgan tizim.
ERP tizimining maqsadi korxona ichidagi barcha xo‘jalik bo‘linmalar (biznes-funksiyalar) orasida axborot oqimiga ta’sir etish va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash xisoblanadi. Qoidaga ko‘ra markazlashgan ma’lumotlar bazasida qurilgan ERP tizimi korxonaning standartlashtirilgan yagona axborot makonini shakllantiradi.
ERP tizimi asosida barcha korporativ biznes ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi va korxonaning istalgan zarur xodimlar sonining ularga mos ravishda berilgan xuquqlari bilan bir vaqtda murojatini ta’minlovchi ma’lumotlarning yagona omborini yaratish prinsipi yotadi.
1.2.1-rasm. ERP tizimining xususiyatlari.
ERP-tizimi quyidagi funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga oladi:
• ishlab chiqariluvchi buyumlarning tarkibini xamda ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jarayonlar va material resurslarni aniqlovchi konstruktorlik va texnologik spetsifikatsiyalarni olib borish;
• ishlab chiqarish va savdo rejalarini shakllantirish;
• maxsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun yetkazib berish muddati va xajmini, materiallar va extiyot qismlarga extiyojni rejalashtirish;
• zaxira va sotib olishni boshqarish: shartnomalarni yuritish, sotib olishni markazlashtirilgan amalga oshirish, sex va omborxona zaxiralarini optimallashtirish va qayd etishni ta’minlash;
• ishlab chiqarish quvvatini yiriklashtirilgan rejalashtirishdan, to aloxida stanoklar va uskunalarni ishlatilishigacha rejalashtirish;
• moliyaviy va boshqaruv qaydlari, moliyaviy rejani tuzish va uni bajarilishi nazoratini amalga oshirishni kiritgan xolda moliyani tezkor boshqarish;
• loyixalarni, ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar va bosqichlarni rejalashtirishni o‘z ichiga olgan xolda, boshqarish.
1.2.2-rasm. ERP tizimlar.
ERP tizimining MRPII (manufacturing resource planning – ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish) tizimidan asosiy farqlari:
• ishlab chiqarish tiplarining, hamda tashkilotlar va korxonalar faoliyati turlarining ko‘p sonliligi;
• faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni rejalashtirish;
• korporativ strukturalar orqali guruxli avtonom ishlovchi korxonalarni boshqarish imkoniyati;
• boshqaruv va moliyaviy rejalashtirish quyi tizimlariga e’tiborning ko‘proqligi;
• transnatsional korporatsiyalarni boshqaruv funksiyalarining mavjudligi;
• korxonaning axborotli infrastrukturasini yaratishga, egiluvchanlikka, ishonchliligiga, turli dasturiy platformalar bilan moslashishiga e’tiborning ko‘proq qaratilganligi;
• korxonada qo‘llaniladigan ilovalar va boshqa tizimlar bilan integratsiyasi;
• dasturiy vositalari bilan integratsiyasi yoki tizimda mavjudligi;
• rivojlangan sozlash vositalari va apparat dasturiy vositalarini konfiguratsiyalashning mavjudligi.
ERP II tizimi – bu internet texnologiyalari taqdim etadigan axborot kanallari yordamida mijozlar va kontragentlar bilan korxonaning torroq o‘zaro ta’sir etish imkoniyatini beruvchi ERP tizimi metodologiyasi.
ERP tizimini tadbiq etish sabablari:
• Moliyaviy axborotni integratsiyalash
• Buyurtmalar xaqida axborotni integratsiyalash
• Ishlab chiqarish jarayonini standartlashtirish va tezlashtirish
• Omborxona zaxiralarini kamaytirish
• Personal bo‘yicha axborotni standartlashtirish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Korxona resurslarini rejalashtirish (ERP). Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM). Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)
|