|
Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)
|
bet | 6/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Biznes samaradorligini boshqarish (BPM)
Business Performance Management (BPM) (biznes samaradorligini boshqarish) — egalik qiluvchilarni, menedjerlarni, personallarni va tashqi kontragentlarni umumiy integratsiyalashgan boshqaruv muxiti chegaralarida birlashtirish yo‘li bilan barcha darajada o‘z faoliyatining samaradorligini boshqarish va kompaniyaning o‘z xolatini baxolashni yaxshilash qobiliyatiga yo‘naltirilgan, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning jarayonga yo‘naltirilgan, yaxlit yondoshuv.
BPM – tizimi ishtirokchilar orasida ishlar oqimini taqsimlaydi, shu orqali biznes jarayonlarni boshqarishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zidan biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, tizimni tadbiq qilishning ustuvor maqsadi deb qaralmaydi va xisob-kitoblar bu yerda BPM tizimi tadbiqidan so‘ng kompaniyaning biznes-jarayonlarni boshqarishda instrument paydo bo‘lishi uchun qilinadi.
1.2.4-rasm. BPM tizimlari xususiyatlari.
BPM asosida uzluksiz siklni boshqarish g‘oyasi yotadi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• rivojlanish maqsadlarni aniqlash;
• bu maqsadlarga eriish uchun cheklovlarni aniqlash faktorlarini modellashtirish;
• qo‘yilgan maqsadga erishish uchun olib boruvchi xarakatlarni rejalashtirish;
• samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari xolati va ularning rejadan og‘ishini kuzatish imkonini beruvchi doimiy monitoring;
• samaradorlikning tabiatini yaxshiroq xis etish imkonini beruvchi erishilgan natijalar taxlili;
• boshqaruvchilarga kelgusi qarorlarni qabul qilish uchun yordam beruvchi xisobotlarni tuzish.
Analitika vositalari va arxitekturasi BPM- tizimi tarkibida uchta qavatni ajratib ko‘rsatiladi.
• Ma’lumotlarni boshqarish va ma’lumotlar ombori qavati. Bular tashkilotning qayd etish tizimlaridan integratsiyalashgan instrumentlar yordamida axborot bilan to‘ldiriladi;
• VRM- ilovalar qavati. Boshqaruv va xisobotlarni tayyorlashning integratsiyalashgan qo‘llab- quvvatlash uchun amaliy modullardan tashkil topgan;
• Xisobotlar va taxlil qavati.
Tayyor VRM-instrumental yechim (BI) va amaliy (VRM) komponentlardan tashkil topgan.
• BI-instrumentlar ma’lumotlar omborini yaratish va to‘ldirish, taxlil va xisobotlarni chop etish uchun qo‘llaniladi.
• VRM-ilovalar — boshqaruv funksiyalarini va xisobot ko‘rsatkichlalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladi.
Istalgan BPM - tizimi modulli tashkil etishini nazarda tutadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• jarayonlarni ko‘rish, tavsiflash, taxlil qilish uchun mo‘ljallangan grafik funksiyalari.
• VRM jarayonlarining nazoratlarini amalga oshirish topshiriqlarini bajaruvchi server.
• jarayonni bajarish davomida o‘zgartirish funksiyalarini bajaruvchi tezkor ishlash vositalari.
• monitoring va boshqaruv instrumentlari
VRM-tizimi ikki pog‘onali biznes analitikaga ega:
• Birinchi pog‘onada biznes-faolligi monitoringi- Business Activity Monitoring (VAM) instrumentariysi mavjud. Bunda real vaqtda jarayon natijaviyligi asosiy ko‘rsatkichlarining taxlili orqali biznes jarayonlarini boshqarish sodir bo‘ladi.
• Ikkinchi pog‘onada avtomatlashtirilgan biznes-jarayonlarni BI (Busines Intelligent) taxlili sodir bo‘ladi. Biznes- jarayon taxlili, uni doimo mukammallashtirish uchun amalga oshiriladi.
VRM tizimlarini tadbiqining afzalliklari:
• Ma’lumotlarni ko‘rish va taxlil qilish uchun turli ilovalar va ma’lumotlar omboridan bitta tizimda axborotlarni konsolidatsiyalash.
• Moliyalashtirish, rejalashtirish, modellashtirish va taxlilning samarali funksionallari uchun moliyaviy ilovalar.
• Barcha mutaxassislarning rejalashtirish va bashorat qilishdagi urinishlarini yagona baoshqaruv tizimiga birlashtirish.
• Qo‘shma korxonalar va filiallardan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish vaqtini qisqartirish.
• Ko‘p sonli turli ko‘rsatkichlardan foydalanish xisobidan kompaniya faoliyati xaqida to‘lq tasavvurga ega bo‘lish.
BULUTLI HISOBLASHLAR (CLOUD COMPUTING)
|
| |