4. 0-ishlab chiqarish




Download 6,73 Mb.
bet41/77
Sana31.05.2024
Hajmi6,73 Mb.
#258613
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Kitob. 1

Mail.Ru Agent - Mail.Ru kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru Agent dasturi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
• tezkor xabarlarni almashish
• Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so‘zlashish
• video-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish
• tekin SMS xarablarni jo‘natish 
• elektron pochta xabarlarini to‘g‘risida ogohlantirish
Google Talk dasturi
Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish va tovushli so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib, pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimida elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.
ICQ – dasturi
ICQ- hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturda xar bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin.
Internet domen tizimi
Internet domen nomlari Internet manzillarida ishlatilib, ular mamlakat nomlarini, tashkilot va korxonalar faoliyatini anglatadi.

O‘zbekiston milliy Internet resurslari
• www.uz – milliy axborot qidiruv tizimi
• mail.uz – milliy elektron pochta xizmati
• ziyonet.uz – axborot ta’lim tarmog‘i
• uforum.uz – muhokama veb portali
• edu.uz – O‘zbekiston ta’lim portali
• aci.uz - O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi portali
• mtrk.uz – milliy teleradiokompaniya veb sayti




INTERNETDA MA’LUMOTLARNI IZLASH



Internet tarmog‘i juda tez sur’atda usib bormoqda, shuning uchun yuz milliardlab veb-sahifalar va yuz millionlab fayllar orasidan kerakli ma’lumotni topib olish qiyin muammo bo‘lib qolmoqda. Internetda ma’lumotlarni izlashning uch asosiy usuli maqjud bulib, bular:

  1. Veb sahifa manzili orqali. Bu usul qidiruvning eng tezkor usulidir, lekin bu usuldan faqat sahifa yoki faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin. 


2. Gipermurojaatlar orqali harakatlanish. Bu usul nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi, agarki qidirilayotgan hujjat (yoki ma’lumot) ma’no jihatidan joriy sahifaga yaqinroq bo‘lsa.



3. Qidiruv tizimlariga murojaat qilish. Gipermurojaatlar orqali izlashda internet tarmog‘ining axborot muhitida uzoq va cheksiz bir sahifadan boshqasiga o‘tib “sayohat” qilib yurish mumkin va dunyo bo‘ylab ko‘p millionlab veb sahifalar borligini e’tiborga olsak, kerakli ma’lumotni topish ehtimoli qanchalik kamligi anglash qiyin emas. Bunday hollarda maxsus qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Qidiruv serverlarining manzillari internetda ishlaydigan har bir foydalanuvchiga juda tanish.


Ular: yandex, google, rambler, yahoo, msn va boshqalar.

Qidiruv tizimlari – bu internetda izlash imkoniyatini beruvchi veb sayt. Aksariyat qidiruv tizimlari butun jahon to‘ridan (internetdan) ma’lumotlarni izlaydi, lekin ftp-serverlardan fayllar izlovchi, internet magazinlardan tovarlar izlovchi tizimlar ham mavjud.


Ishlash prinsipiga qarab qidiruv tizimlari ikki turga bo‘linadi:
- Qidiruv kataloglari;
- Qidiruv indekslari.

Download 6,73 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Download 6,73 Mb.