|
4. 0-ishlab chiqarish
|
bet | 49/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 14. Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes- jarayonlarining servislarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo‘limlari o‘rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo‘limi, statistik va analitik axborotlar, spravochnik, o‘quv axborotlari; ta’minotlar, dilerlar, iste’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet- ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farklanadi.
5. Ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan saytlar. Bunday saytlar asosan ta’lim muassasasi xaqida ma’lumotlar keng ommaga tanishtirish, ta’lim muassasasida faoliyat olib boruvchilar hamda o‘quvchilarni ta’lim muassasasi bilan doimiy aloqasini ta’minlab turish maqsadida yaratiladi. Shuningdek ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan bir necha saytlar mazmunan va mantiqan birlashtirilib ta’limiy portalni tashkil qilishi mumkin.
Yuqoridagidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o‘quv muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ayniqsa, informatika o‘qituvchilari hamda o‘quv muassasasi o‘quvchilari orasida qiziqishi katta bo‘lgan o‘quvchilar birgalikda ushbu o‘quv muassasasining saytini yaratish, mazmunini yangilab borishda muhim ishtirokchilar hisoblanadilar
O‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati
Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko‘pchilik qismini albatta, talabalar, o‘quvchilar, ilmiy izlanish bilan band bo‘lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o‘quv muassasalariga bag‘ishlangan veb - saytlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarning (umuman har qanday sohada faoliyat ko‘rsatuvchilarning) zarur axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to‘la va to‘g‘ri hal qila olishidagi muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda. Ta’lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini aniklashda avval Internet hizmatining turlari va ularning harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar Internet tarmog‘ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga asos qilib internetning ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak. Axborotli xizmatga WWW (ma’lumotlar majmuasi) va G‘TR (dasturlar majmuasi) lar kiritiladi. Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga: bevosita (PC, chat) va bilvosita muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin.
Internetdagi barcha “o‘quv muassasa uchun yaratilgan sayt” larni o‘z navbatida bir necha turga ajratish mumkin:
- o‘rgatuvchi internet manbalari;
- maslahat beruvchi internet manbalari;
- axborotli internet manbalari;
- baholovchi internet manbalari;
- taqdimotli internet manbalari;
Quyida ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
|
| |