|
TA’LIMDA PORTAL TEXNOLOGIYALARI
|
bet | 47/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1TA’LIMDA PORTAL TEXNOLOGIYALARI
Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri axborotkommunikatsiya texnologiyalari bilan o‘quv jarayonini tizimli integratsiyalash hisoblanadi. Bunda o‘quv jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida o‘qituvchining pedagogik faoliyati va talabaning ta’lim olish jarayonini tashkil etish strategik masala sifatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning yo‘nalishlaridan biri ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari, ta’limning axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonlarining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot texnologiyalarini tub ma’noda joriy etishga xizmat qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari talabalar uchun ma’lumotlarni yetkazish, saqlash, qidirish kabi jarayonlarda katta imkoniyatga ega. Hozirda ta’lim muassasalarida elektron shaklda ko‘plab axborot-ta’lim resurslari yaratilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirishni rivojlantirish yo‘nalishi turli ta’lim axborot resurslarining birlashtirilishi orqali axborot-ta’lim muhitlarini yaratish bilan bevosita bog‘liq. Bunday muhitni tashkil etishda, avvalom bor, ta’lim muassasalarida axborotlashtirishni tashkil etish, ya’ni barcha o‘quv, ma’muriy va xo‘jalik xizmatlarni, kutubxona va boshqaruv (rektorat, dekanat, o‘quv bo‘limi va boshq.) bo‘limlarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularni INTERNET tizimiga chiqish imkoniyatlarini yaratish, ta’lim muassasida o‘quv jarayonini nazorat qilish, hujjatlar elektron almanishuvini tashkil etish, axborot texnologiyalari negizida maxsus o‘quv-metodik majmualarni yaratish orqali talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Hozirda bunday vazifalarni bajarishda portal texnologiyalarini yaratish orqali axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish mumkin. Ta’lim muassasining yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning muhim yo‘nalishi sifatida o‘quv jarayonida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Axborotlarni tizimlashtirish axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni yengillashtiradi. Axborot-ta’lim portallarining yaratilishi axborotlarni mantiqiy tartiblash va tizimlashtirishga yordam beradi. Axborot-ta’lim portallarini yaratish va uni rivojlantirishda tizimli yondashuv zarur hisoblanadi. Chunki portal texnologiyalari asosida ta’lim muhitini yaratishda tahliliy tayyorgarlikning yaxshi darajada bo‘lishi, mazmunning maqsadga muvofiqligi, axborotlarning tizimlashtirilishini ta’minlash muhim sanaladi. Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigatsiya va keng ko‘lamli qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi tarmoq telekommunikatsiya tuguni hisoblanadi. Bundan kelib chiqib portallarga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
- ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi;
- axborotlar ko‘lamining kengligi;
- asosiy tarmoq formatlarni qo‘llashi;
- oson va samarali qidirish tizimini joriy etishi;
- axborot resurslarining integratsiyasi;
- axborot xavfsizligini ta’minlashi;
- axborotlarni tabaqalashtirishi;
- bilimlarni boshqarish-tahlil etishi.
Portallarning ko‘rsatkichi unda mujassamlashgan axborotlarning ko‘lami, ya’ni axborot resurslari hajmi bilan aniqlanadi. Har qanday portalning maqsadi – foydalanuvchiga unga zarur axborotlarni qisqa vaqtda va turli interfeyslar orasidagi o‘tishlarni ortiqcha hattiharakatlarsiz taqdim etishdan iborat bo‘ladi. Portalning foydalanuvchi interfeysi unda joylashtirilgan resurslarning tarkibini ko‘rgazmali namoyish etishi, bir bo‘limdan boshqa sahifalarga mantiqiy va tezkor o‘tishni ta’minlashi lozim. Taqdim etilayotgan axborot-ta’lim resurslari mustaqil ta’lim uchun topshiriklarni, o‘zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun test sinovlarini, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni, bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Portal uchun multimedia materiallarini tanlashda ularning axborotmazmuni, tuzilma tarkibi, uzviyligi va axborotlarni taqdim etish shakllariga e’tibor qaratish kerak. Multimedia materiallari axborotlarni oson o‘zlashtirish uchun xizmat qilishi: ularning mazmunini ochib berishi, ya’ni axborotlarning mustaqil manbai sifatida foydalanish imkonini berishi lozim. Texnologik jihatdan axborot-ta’lim portallariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- ilovalarni bajarish;
- hamkorlikdagi faoliyatni ta’minlash;
- o‘zida mavjud resurslarni boshqarish;
- foydalanuvchilarni boshqarish;
- nazorat olib borish;
- bilimlarni boshqarish;
- kommunikatsiyani ta’minlash;
- qidiruvni ta’minlash;
- barcha resurslarni ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalashi, ya’ni
- axborot xavfsizligini ta’minlash;
- tizimga ruxsat berish, ya’ni qayddan o‘tishni tashkil etishi zarur.
Bilim sohalari yoki fanlar bo‘yicha axborot-ta’lim portali faqat ta’lim muassasalari bilan chegaralanib qolmaydi. An’anaviy va elektron shakldagi o‘quv materiallari yagona ta’lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini to‘ldirishi muhimdir. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Axborot-ta’lim portallarini fan-ta’lim-ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlovchi, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida qarash mumkin. U ta’lim muassasalarning bitiruvchilariga ehtiyojlari bo‘lgan buyurtmachilar uchun ham foydalidir. Portal bitiruvchilar bo‘yicha axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchilar va uning iste’molchilari bilan yangi shakldagi o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yadi. Bunday portalni yaratish, uni rivojlantirish uchun, avvalo, ta’lim muassasalarini kompyuterlashtirishni takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborotlarni tizimlashtirish va ularni portalda joylashtirish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik kadrlarni yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha malakalarini shakllantirish, ularni muntazam tarzda oshirib borishni rivojlantirish muhimdir. Yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning muhim sharti portalning o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish, elektron o‘quv nashrlarni yaratishni takomillashtirish sanaladi. Axborotlashtirish jarayonini samarali rivojlanishini ta’minlash uchun axborot infratuzilmasini mukammal shakllantirishga e’tibor qaratmoq zarur bo‘ladi.
|
| |