• GOOGLE ASBOB-USKUNALARI VA XIZMATLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QUV JARAYONINI LOYIHALASH
  • My.estudy.uz platformasi imkoniyatlari va xususiyatlari




    Download 6,73 Mb.
    bet55/77
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,73 Mb.
    #258613
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
    Bog'liq
    Kitob. 1

    My.estudy.uz platformasi imkoniyatlari va xususiyatlari
    My.estudy.uz tizimi masofali o‘quv jarayonida keng qamrovli imkoniyatlar va o‘quv jarayonida qo‘l keladigan qo‘llab to‘la to‘kis quvvatlash – o‘quv materiallarining keng ko‘lamda yoritilishi, bilim saviyasini tekshirish va boshqaruvida ishlash imkonini yaratadi. Hozirgi vaqtda my.estudy.uz tizimi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasida keng qo‘llanilib kelinmoqda.

    my.estudy.uz LMS tizimining strukturasi
    my.estudy.uz tizimi masofadan turib o‘qitish kurslari va veb-saytlarni yaratishni dasturiy ta’minlash paketidan iboratdir. my.eStudy.uz tizimida ta’lim olish va boshqarishda qo‘shimcha maxsus dasturiy instrumentlar kerak emas, balki Internet brauzerlar (Mozilla, Opera, IE yoki google Chrome) o‘zi kifoya qiladi. my.eStudy.uz tizimida o‘quv kurslari sifatida texnika yo‘nalishdagi bakalavrlari uchun Fizika kursi o‘zbek va rus tillarida, shuningdek Matematika hamda qo‘shimcha kurslar ham mavjud. my.eStudy.uz tizimi modulli tizim asosida yaratilgan. Bunda berilgan topshiriqlarni nazorat qilishda maxsus mashqlar va testlardan foydalaniladi. O‘qituvchi topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish imkoniyati mavjud. Shu bilan bir qatorda my.eStudy.uz tizimi orqali video konferensiyalarni tashkil qilish mumkin.

    http://my.estudy.uz masofaviy ta’lim tizimining umumiy ko‘rinishi.
    my.estudy.uz tizimida o‘quvchilari o‘quv jarayonini boshlashlari bilan: materiallarni ko‘rish, topshiriqlarni bajarish,testda ishtirok etish va barcha harakatlarini hisobga olish uchun batafsil jurnal yurita boshlash funksiyasi ishga tushirilgan.

    Hisobot jurnalining ko‘rinishi
    GOOGLE ASBOB-USKUNALARI VA XIZMATLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘QUV JARAYONINI LOYIHALASH

    Bu mavzuda biz Web 2 texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z ishimizni osonlashtirish imkoniyatini beruvchi ajoyib usul bilan tanishib chiqamiz. Tassavvur qiling bitta ilmiy maqola ustida 3 nafar shaxs (Masalan: Siz, Sizning ilmiy rahbaringiz va hamkasbingiz) ishlamoqda. Baxtga qarshi maqola ustida ishlayotgan kishilar dunyoning har xil joylarida ish yuritishadi. Demak, maqolani yozish vaqtida Siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan joylarini yozasiz, bundan keyin ilmiy maqolangizni holatini ilmiy rahbaringizning elektron pochtasiga junatasiz. Ilmiy rahbaringiz Siz yuborgan maqolani o‘qib bir nechta qo‘imcha va kamchiliklarni to‘g‘irlab Sizga elektron pochta orqali Sizga junatadilar. Siz elektron pochta orqali qabul qilib tegishli o‘zgarishlarni bajarib, tahrirlab yana ilmiy rahbaringizga yuborasiz va bir vaqtning o‘zida uchinchi muallifning pochtasiga yuborasiz. Ilmiy rahbaringiz va uchinchi muallif maqolani olib ma’lum bir tahrirlash ishlarini bajarib Sizning pochtangizga ilmiy maqolani yuboradilar. Siz maqolani olib umumlashtirasiz va yana o‘zgartirishlarni kiritib umumlashtirib yana ilmiy rahbaringizga va uchinchi muallifning elektron pochasiga jo‘natasiz. Natijada bir ilmiy maqolani ohiriga yetkazish uchun ilmiy maqolangizni bir muallifdan ikkinchi muallifga jo‘natasiz. Bu holat ko‘plar uchun odatiy holat hisoblanadi. Lekin internet texnolgiyalarining rivojalanishi natijasida bir hujjat ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi ishlash imkoniyatini beruvchi interenet tizimlari yaratila boshlandi. Bunday tizimlarning hozirgi vaqtga kelib bir nechtasi mavjud. Shu tizimlardan biri Google apps hisoblanadi. Bu o‘quv modulimizda Google apps ning asosiy asbob-uskunalari bilan tanishib chiqamiz. Google asbob-uskunalari va servislaridan foydalanish o‘quv jarayonini va axborot ta’lim maydonini loyihalashtirish imkoniyatini beradi. Veb muhitida Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari), Google taqvim (kalendar), Google formalari (so‘rovnomalar yaratish), Google Hangouts (Messenger) Google+, Google Blogger (saytlar yaratish) orqali o‘quv jarayonini tashkillashtirish, boshqarish o‘quv jarayoni sifatini oshirishga sabab bo‘ladi. 

    Hamkorlikda ishlash imkoniyatini beruvchi uskunalar majmuasi Google docs - Google Hujjatlar (Google jadval, Google Forma, Google hujjat, Google taqdimot, Google rasm) deb umumiy nomlanib, uning ichiga matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik muharirlari kiritish mumkin. Bir vaqtda bir hujjat ustida bir necha foydalanuvchi ishlashi mumkin bo‘ladi.

    Foydalanuvchilar dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan internet tarmog‘i orqali ularga taqdim etilgan hujjat ustida ishlashlari mumkin bo‘ladi.
    Google taqvim (kalendar) vaqtingizni rejalashtirishda, o‘quv dars jadvalini tuzishda va talabalar bilan qayta topshirish vaqtlari, majlis va konferensiyalar, tug‘ilgan kunlarni eslatib turish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Google taqvim sizning mobil telefoniz bilan ham integratsiyalashi mumkin. Google taqvimni bir o‘zingiz yoki guruh bo‘lib shaklantirishingiz mumkin buladi.

    Google blogger yordamida o‘zingizning shaxsiy saytingizni (blogingizni) yaratishingiz mumkin. Masalan Tarix o‘qituvchisining shaxsiy sayti. Bu yaratilgan saytga o‘zingizning ilmiy-uslubiy ishlaringizni joylashtirishingiz, talabalarga o‘zingizning faningiz bo‘yicha o‘quv majmualarni maxsus bo‘lim ochib yuklab qo‘yishingiz mumkin. Fan bo‘yicha bo‘layotgan ilmiy yangiliklarni berib borishingiz so‘rovnomalar utkazishingiz mumkin bo‘ladi.

    Google Hangouts –kommunikatsiya elementi bo‘lib, video, audio va kichik xabarlar yuborish imkoniyatini beruvchi servis hisoblanadi. Google Hangouts orqali siz vebinarlar tashkillashtirishingiz mumkin.

    Google apps ilovalari bepul bo‘lib hech qanday litsenziya talab qilmaydi.

    Download 6,73 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




    Download 6,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    My.estudy.uz platformasi imkoniyatlari va xususiyatlari

    Download 6,73 Mb.