• O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning ta’lim sohasidagi quyidagi afzalliklarini sanab o‘tish munkin
  • Internet tizimida o‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlar
  • O‘qitishda o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish talabalarda




    Download 6,73 Mb.
    bet51/77
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,73 Mb.
    #258613
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
    Bog'liq
    Kitob. 1

    O‘qitishda o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish talabalarda:
    - o‘z hohishlariga qarab o‘qish holatlarini tanlash;
    - tayyorgarliklar va psixofizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zlariga mos o‘qish metodlari va bayon etish usullarini tanlash;
    - oldin o‘rganilgan materiallarga qaytish, o‘qish jarayonini to‘xtatib qo‘yish va unga ixtiyoriy vaqtda murojaat qilish;
    - turli jarayonlarning dinamikasini va mexanizmlarni o‘zaro ta’sirini kuzatish;
    - o‘rganilayotgan obyektlarni boshqarish va ularning mos natijalarini ko‘rib borish;
    - kompyuterda muloqot qilish psixologik xarakterdagi to‘siqlardan holi bo‘lishga (kulgu bo‘lmaslik, jur’at etmaslik, uyalmaslik kabilar) olib kelishi;
    - tayyorgarlik darajalari yetarli bo‘lgunga qadar kompyuterdan sabr bilan foydalanish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
    O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning ta’lim sohasidagi quyidagi afzalliklarini sanab o‘tish munkin:
    - fanlarni o‘zlashtirilishni yaxshilanishi;
    - tarmoq savodxonligini ortishi (Kompyuter va Inernet bilan muloqot qilishdagi yangiliklar);
    - o‘rganishga bo‘lgan munosabatni yaxshilanishi;
    - mustaqil ta’lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi;
    - amaliy malaka samaradorligini oshirish.
    Internet tizimida o‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlar
    Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish o‘qitish qo‘llanilmoqda. O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriklarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi. O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi berilgan materiallari asosan quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    • Darslik
    • Audio va video darsliklar
    • Onlayn darslar (Internet sashifa)
    Elektron kutubxonalar
    • Testlar
    • Multimedia - elektron darsliklar
    Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar kataloglashtirish, respublika ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron o‘quv adabiyotlarini barcha ta’lim muassasalari orasida targ‘ib qilish muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ushbu masalani ijobiy yechimini topish hamda ta’lim muassasalari uchun yaratilgan elektron o‘quv resurslari va ta’lim muassasalari saytlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Buning natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil qilingan www.ziyonet.uz axborot- ta’lim portali ishga tutirildi va bu portalda barcha ta’lim muassasalari uchun ta’lim resurslari joylattirilganligi ahamiyatga molikdir.

    Download 6,73 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




    Download 6,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitishda o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish talabalarda

    Download 6,73 Mb.