|
Internet resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish
|
bet | 48/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Internet resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish
O‘quv jarayonlarida Web-saytlardan foydalanishning ko‘pgina yutuqlari mavjud. Shu bois bunday saytlarni yaratish va mazmunan yangilab borish ta’lim muassasasi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan o‘quv muassasalari uchun bag‘ishlangan saytlarni yaratish har bir ta’lim muassasasi oldida turgan birlamchi vazifalar qatoriga kiradi. Bunday saytlarni yararish uni o‘rganish mobaynida internet tizimi bilan bog‘liq omillarni hisobga olish lozim. Bunday omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- Dunyo bo‘yicha internet xizmati imkoniyatlarining kengligi;
- Veb-saytlar xizmatidan foydalanishning oddiyligi;
- Web-texnologiyalarni tarqatishdagi qulaylik;
- real vaqt masshtabida axborotlarga bo‘lgan talablar;
- muassasa va xususiy shaxslarning o‘zlari to‘g‘risidagi axborotlarni internetga joylashtirishga intilishi;
- tarmoq ma’lumotlar bazasida global mashstabdagi ixtiyoriy ma’lumotlarni to‘plash.
Bugungi kunda internetga joylashtirilgan Web - saytlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Reklama sayti-ixtiyoriy reklama singari internet informatsion muxitidagi aniq mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi. Katta miqdordagi grafik element va multimedia vositalari (Flash) sahifalarida qo‘llanilishi bilan farqlanadi.
2. Informatsion sayt-mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda “informatsion to‘siq” ni olib tashlash uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘la-to‘kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Saxifalar tashqi ko‘rinishining ko‘rkamligi (ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu Web-saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topit uchun xizmat qiladi.
3. Biznes-sayt-kompaniyaning alohida tashqi biznes-jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo‘lishdagi buyurtmalari, xizmatchi va dilerlarni o‘qitish; suhbatlar olib borish jarayonlari to‘g‘risida). Biznesjarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet-ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.
|
| |