|
O‘rgatuvchi internet manbalariga
|
bet | 50/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1O‘rgatuvchi internet manbalariga masofaviy ta’lim, virtual maktablar, laboratoriyalar va veb sinflarni misol sifatida keltirish mumkin.
Maslahat beruvchi internet manbalariga turli telekonferensiyalar, virtual pedagogik kengashlar, virtual uslubiy, birlashmalar muammoviy kengashlar, virtual kafelar va hokazolarni misol keltirish mumkin.
Axborotli internet manbalariga elektron o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, elektron kutubxonalar, lug‘atlar, kataloglar, virtual muzeylarni keltirish mumkin.
Baholovchi internet manbalarga teletesting, masofaviy konkurslar, turli viktorinalar, olimpiadalarni misol keltirish mumkin.
Taqdimotli internet manbalariga ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar yoritilgan alohida sahifalarni keltirish mumkin.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarga masofadan turgan holda bilim olishlariga imkon yaratadilar. O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar ayniqsa o‘qitish joylariga qatnashi qiyin bo‘lgan ta’lim oluvchilarga qulaydir. Bulardan tashqari ta’lim oluvchilar axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan dars jarayonida foydalanish juda katta imkoniyatlar yaratadi. O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o‘qitish, o‘quv jarayonini a’nanaviy tashkil etishning asosiy shakllarini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya amaliyoti, nazorat tizimi, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot va mustaqil ishlari shular jumlasidandir. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu barcha shakllari amaliyotda tinglovchilarni mustaqil bilish faoliyati turli axborot manbalari bilan osongina birlashtirishni, kurs olib borayotgan o‘qituvchi yoki tyutor bilan tezkor va tizimli aloqa qilish hamda tinglovchilarning guruh bo‘lib ishlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
O‘quv jarayonida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanish o‘qituvchilarga:
- internet tarmog‘i yordamida u yoki bu o‘quv fanlardan to‘plangan tajriba va uslublarni boshqa kasbdoshlari bilan almashish;
- bir vaqtning o‘zida turli toifadagi talabalar uchun har xil o‘qitish uslublarini amalga oshirish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish;
- o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi nazorat topshiriqlaridan mashq sifatida foydalanish natijasida talabalarda fan bo‘yicha egallangan bilimlarni ko‘nikma va malaka darajasiga yetkazish;
- qo‘lda bajariladigan ishlarni kamaytirish hisobidan talabalarga yakka tartibda ishlash va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini yaratish;
- talabalarni mustaqil bilim olish jarayonini samarali tashkil etish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
|
| |