|
Respublika pedagogika ta’lim muassasalari portali
|
bet | 54/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Respublika pedagogika ta’lim muassasalari portali
Ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot texnologiyalarini tub ma’noda joriy etishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makoni ta’lim jarayoni qatnashchilarini samarali o‘zaro aloqasini ta’minlovchi, turli axborot resurslariga kirish imkoniyatini beruvchi, axborot va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishuvchi sifatida axborot-ta’lim sharoitlarining ochiq tizimini yaratadi. An’anaviy va elektron shakldagi o‘quv materiallari yagona ta’lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini to‘ldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shu maqsadda Tempus loyihasi doirasida www.pedagog.tdpu.uz portali ishlab chiqilgan bo‘lib, uni ta’lim muhitining birligini, pedagogik ta’lim sifatini, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida qarash mumkin.
www.pedagog.tdpu.uz portali bosh sahifasi
Yagona axborot portalning yaratilishi quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi maqsad qilingan:
- Respublika pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot muhiti yaratiladi;
- yagona kutubxona muxitini shakllantiradi (elekron kutubxonani yaratilishi, elektron darsliklar va noan’anaviy axborot tashuvchilar fondining shakllanishi, yagona ma’lumotlar bazasini yaratilishi v h.);
- pedagogik ta’lim soxasida yagona telekommunikatsiya tarmog‘i muhiti shakllantiriladi;
- yangi axborot-ta’lim muhitini shakllantiradi, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratadi;
- yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish orqali pedagogik ta’lim sifatini oshiradi;
- yangi ta’lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta’minoti tizimini yaratadi;
- ta’lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni ta’minlashi, hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini tizimlashtirishi, respublikada pedagogik ta’limning holati bo‘yicha axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligini amalga oshiriladi;
- masofaviy ta’lim tizimi rivojlantiriladi.
Pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi pedagogik ta’limning sifatini va axborot ta’minotini rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi. Hozirda portalda pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari, avtoreferatlar, "Pedagogik ta’lim" jurnalining elektron versiyalari joylashtirilgan elektron kutubxona va masofaviy kurslar va testlar, elektron konferensiyalar, har bir pedagogik OTM haqida ma’lumotlar va pedagogika OTMlari bitiruvchilari, pedagogika sohasidagi yangiliklar haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.
|
| |