|
O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar
|
bet | 62/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1O‘quv muassasasida masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishga qo‘yiladigan texnik va dasturiy talablar
MT jarayonini amalga oshirishda qo‘yida ko‘rsatilgan bosqichlar asosida amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining masofaviy ta’lim jarayoniga bo‘lgan ehtiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga oshirishdakerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari,loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.
2-bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriqloyihalashtiriladi.
3-bosqichda esa tanlangan masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuaa tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga tegishli domen tanlanadi. Masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo‘llab quvvatloshchi ishchi xodimlarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
4-bosqichda masofaviy ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan biri bo‘lmish o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari bilan hamkorlikda yaratiladi. Yaratilgan o‘quv kontentlar eskpertlar tomonidan tekshiriladi.
5-bosqichda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi. Ta’lim jarayonida o‘quv jarayoni doiymi nazoratda bo‘lib turadi. Tizimdagi havfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6-bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi.
1.Web-xosting xizmatini tanlash.
Web-xosting xizmatini tanlashlash biz UZINFOCOM Markazining texnologik maydonchasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
UZINFOCOM Markazining texnologik maydonchasi milliy foydalanuvchilar va birinchi navbatda, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari, hamda ta’lim va notijorat muassasalariga zamonaviy darajadagi sifatli xosting xizmatini ko‘rsatish maqsadida 2006 yilda tashkil etilgan. Xizmatlar axborot havfsizligini ta’minlashning barcha xalqaro standartlariga to‘liq mos ravishda ko‘rsatiladi, shu bilan birga, axborot resurslari egalariga o‘z resurslarini saqlash va ma’lumotlar bilan ishlashda maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Ushbu texnologik maydoncha shu kabi komplekslarga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi. Xususan, ma’lumotlarni saqlash va ularning yaxlitligini ta’minlash, ma’lumotlar saqlashni zahiralash, 24 soat davomida doimiy texnik xizmat ko‘rsatish. Foydalanuvchilarning texnologik maydonchada joylashtirilgan resurslari uning infratuzilmasidan foydalanadilar. Yagona tekshirilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish esa mijozlarga dasturlarni yaratish zaruriyatidan ozod etib, ularni axborot resurslarini joylashtirish va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq muammolardan holi etadi. Bunday kompleks yechim mijozlar uchun mavjud bo‘lgan turli dasturiy modullardan foydalanish orqali o‘z kuch va resurslarini axborot xizmatlarini shakllantirish va jadallashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, UZINFOCOM Markazi tarkibidagi kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati UZCERT, texnologik maydonchada joylashgan resurslarni yetarli darajada havfsizligini ta’minlaydi. Hozirgi kunda texnologik maydonchada Agentlik saytiaci.uz; UZ-CERT serverlari; ZiyoNET tarmog‘i moslamalari, www.ziyonet.uzportali; Milliy qidiruv tizimi www.uzserverlari; UZ domen zonasining yuqori bo‘g‘in o‘zak serverlari joylashgan. Shu bilan birga texnologik maydonchada 80 tadan ortiq tashkilotlarning saytlari, shu qatorda davlat organlarining saytlari, ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarning saytlari va ularning miqdori doimiy ravishda o‘smoqda. Texnik maydoncha uskunalarining umumiy quvvati hozirgi kunda 11 ta server, jami chastotasi 42 GGs bo‘lgan 14 ta protsessor, 26 Gbayt operativ xotira moslamasi va 4 Tbayt bo‘lgan disk makonidan iborat.
|
| |