LMS tizimlarining tahlili[3]




Download 6,73 Mb.
bet64/77
Sana31.05.2024
Hajmi6,73 Mb.
#258613
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
Kitob. 1

LMS tizimlarining tahlili[3]
Qo‘yida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz.
Atutor–Ochiq kodli, veb muhitida ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi.Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud.Tizim bir nechta standartlarni qo‘llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi-talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda utkazgan holda tinglashi mumkin.O‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqarorversiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan ortiq har hil modullar mavjud.Tizim qo‘llab quvvatlaydigan standartlar soni ancha bo‘lib bu boshqa LMS tizimlardan farqi ham aynan shu xususiyatidadir. Tizimning rasmiy internetmanzili:http://atutor.ca/atutor/.
Claroline – Erkin va ochiq kodli, masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga oriyentatsiyalangan dasuriy majmuahisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda
PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan[6]. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zidaqabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi xususan, foydalanuvchilarni ruyihatdan o‘tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarniyaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMSlar singari qo‘yidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari mavjud: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking, Kalendar, Vikiva boshqa modullari mavjud.Boshqa LMS lar singariIMS va SCORM standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net/ҳаволасига murojat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.
O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqarorversiyasi Claroline 1.11.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net

Download 6,73 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Download 6,73 Mb.