|
Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari
|
bet | 72/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.
Ish daftari – berilgan mavzu bo‘yicha talaba fikrini bildiradigan joy.
Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, ma’ruza audioyozuvini yuklashda u mediapleyr sifatida tasvirlanadi.
Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.
Testlar – turli variantli testlar to‘plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to‘g‘ri/noto‘g‘ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Forum – forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o‘z mavzusi, standart muzokara).
Chat – real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.
Moodle ning asosiy yutuqlari:
Keng tarqalgan: > 160 mamlakatda 72 xil tilda(o‘zbek tilini ham qo‘shgan holda)
37.000 versiyasi joriy qilingan
Yuqori hajimda(masshtabda):> Oksford universiteti (OUUK ), Kaliforniya universiteti (HSU California ) va Yangi Zelandiya ochiq Politexnik (Open Polytechnic NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan ortiq foydalanuvchilar qayd etilgan Bepul imkoniyat: GPL Code(kod) ta’lim maskanlariga litsenziya uchun hech qanday haq to‘lamasdan, uzoq muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini beruvchi qurilmani o‘rnatishga ruxsat beradi
1. Internetga asoslangan o‘quv muhiti: tartiblashtirilgan o‘quv mashqlari va o‘quv
mazmuni bilan ta’minlash
2. O‘qishni Boshqaruv Tizimi(O‘BT): Kursning dizayni va o‘tkazilishini qo‘llab
quvvatlash (tyutorlik, monitoring va sertifikatsiya)
Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet (interanet) tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware). O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror versiyasi moodle 2.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
|
| |