• So‘rovlar
  • Topshiriq
  • SCORM yoki AICC standart paketlari




    Download 6,73 Mb.
    bet71/77
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,73 Mb.
    #258613
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
    Bog'liq
    Kitob. 1

    SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o‘quv materiallari orqali bilim oluvchining o‘rganilayotgan o‘quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini tizim (LMS bizning misolimizda Moodle) ga hisobot ko‘rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o‘quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko‘pchiligi yaratiladigan o‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi
    Wiki (Viki) – bir nechta foydalanuvchi tomonidan elektron materiallarni qo‘shishi, kengaytirishi va o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi, Veb 2. Konsepsiyasi asosida yaratilayotgan hujjat ustida bir vaqtda hamkorlikda ishlash imkoniyatini beradi.
    So‘rovlar – tizimdagi foydalanuvchilar orasida o‘quv maqsadidan kelib chiqqan holda har xil ko‘rinishdagi so‘rovlarni tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
    Ma’lumotlar bazasi – o‘rganilayotgan fan bo‘yicha ma’lumotlar bazasini xamkorlikda yoki yakka tartibda shakllantirish imkoniyatini beruvchi modul.
    Glossariy – kursning barcha hujjatlari bo‘yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan ta’riflar ro‘yxati. Agar ta’rif glossariyga kiritilgan bo‘lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatikta’minlanadi. Yaratilgan glossariy orqali elektron nazorat turlarini tashkillashtirish imkoniyatini beradi.
    Topshiriq – o‘qituvchi javobni elektron ko‘rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).
    Ma’ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo‘lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to‘plami. Javobning to‘g‘riligiga bog‘liq holda, talaba keyingi sahifaga o‘tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi. Bu ta’lim yo‘nalishini aniqlashni va o‘qitiladigan fan tushunarsiz bo‘lib qolmasligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatordata’limni individulalashtirish imkoniyatini beradi. Bu turdagi o‘quv element orqali bilim oluvchining shaxsiy tayyorgarligidan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan o‘quv kursi tizim orqali tanlab beriladi. 

    Download 6,73 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




    Download 6,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SCORM yoki AICC standart paketlari

    Download 6,73 Mb.