|
4. 0-ishlab chiqarish
|
bet | 73/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Administrator interfeysi
Moodle tizimida ishlash uchunmaxsus veb oyna(qaytnoma) orqali mijozlarning a’zo bo‘lishlari kerak, shu maqsadda tizim har bir mijozni qayd etishi lozim bo‘ladi. Tizim orqali o‘quv kursiga kirish ikki hil usulda amalga oshiriladi:
1. Mijoz elektron pochta orqali o‘zi qaydnomani to‘ldirish yo‘li bilan;
2. Administrator orqali qaydnomani to‘ldirish.
-rasm. Kursga kirish qadamli (bosqichli) ko‘rsatma.
MOODLEo‘qituvchilarini sayt orqali administrator anketa to‘ldirib a’zolikka kiritadi. MOODLE studentlarini esa tashqi ma’lumotlar ombori orqali ro‘yhatdan o‘tadi. Ro‘yhatdan o‘tish vaqtida MOODLEning ma’lumotlar omborida olinganlar ma’lumotlarga ko‘ra talabaning identifikatsiyasi o‘tkaziladi. Ro‘yhatdan o‘tish uchun belgilangan joylarda talabalar qo‘yida ko‘rsatilgan anketani to‘ldirishlari talab qilinadi.
-rasm. Ro‘yhatdan utish uchun anketa
Ruyhatdan o‘tgan talaba o‘quv jarayoniga qatnashishi uchun kurs administratori yoki kurs o‘qituvchisi (tyutori) tastiqlashi kerak bo‘ladi, bu tasdiqlash elektron pochta orqaliamalga oshiriladi. Biz yaratgan MOODLE tizimigaAdministrator sifati kirish uchun administrator uchun berilgan parolni qo‘yida keltirilgan oynaga kiritish kerak bo‘ladi.
-rasm. Administrator sifatida kirish oynasi.
Tizim administratori “Sayt boshqaruvi” tizimida foydalanuvchilar, Kurslar, baholar, Joylashuv, Til, Modullar, Himoya, Tashqi ko‘rinish, Oldingi sahifa, Server, Tarmoq va Hisobotlar bo‘limlari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu panel tizimning asosiy paneli hisoblanib, o‘quv jarayoni qanday kechishidan tortib masofadn o‘qitish tizimini pullik qilish imkoniyatigacha o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
-rasm. Administratorning MOODLE tizimini boshqaruv tizimi
Sayt boshqaruvining “Foydalanuvchilar”bilan ishlash paneli qo‘yidagi elementlardan tashkil topgan.
-rasm. “Foydalanuvchilar” bilan ishlash paneli
-rasm. “Kurslar”, “Baholar” va “Joylashuv” bilan ishlash paneli
“Kurslar”paneli orqali yangi o‘quv kurslarni qo‘shish/ tahrirlash, yaratilgan kurslarga ro‘yhatdan o‘tishning trayektoriyalari belgilash mumkin bo‘ladi. Shuningdek “Kurslar” paneli orqali tizim administratori Kurs bo‘yicha so‘rovlarni o‘tkazishiva yaratilgan kurslarni xavfsizlik maqsadida zahiraga saqlab qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
|
| |