|
OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR
|
bet | 76/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLAR
Oxirgi ikki asrda o‘rganiladigan bilimlar shunchalik darajada kengayib kettiki, oldingi olimlarni qomusshunos, qomusiy olim deb atashga majbur bo‘lyapmiz. Nega? Hozir hech ham bir vaqtni o‘zida falakshunoslik, jo‘g‘rofiya, fizika, kimyo, tibbiyot, matematika, falsafa va hokazolarni o‘rganib bo‘lmas darajaga yetdi.
Fundamental fanlar bilan birga gumanitar, insoniyat, jamiyat bilan bog‘liq bilimlar ko‘paydi. Barchasi faqat insoniyat rivoji, qulayligi, og‘irini yengil qilish uchun xizmat qilishiga qaratilmoqda. I asrni bemalol texnologiyalar va u bilan bog‘liq bilimlar asri deya olamiz. Bilimlarni o‘rganish turlari, yo‘llari, usullarini kengaytirib yuborgan asr. AQSHning Stenford universiteti, Massachuses Texnologiya instituti (MTI) kabi bir necha nufuzli oliy o‘quv yurtlari bepul “onlayn” kurslarini taqdim etmoqda. Tajriba tariqasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur darslar dunyoning barcha davlatlaridagi talabalar uchun ochiq. Qizig‘i shundaki, ushbu kurslarda o‘qish mutlaqo bepul va ularni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga diplom (sertifikat) ham beriladi (ayrim kurslar tekin sertifikat berishadi lekin ko‘p kurslarda ma’lum bir tulovdan keyin sertifikat olish mumkin). Internet orqali o‘quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo‘ljallangan “Ochiq darsxona” (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan o‘n yilcha muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so‘ng yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o‘quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Bugunga kelib MTI va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko‘tarishga qaror qildi. Ular endi nafaqat kursda o‘tiladigan materiallarni, balki darsning o‘zini ham bepul taqdim etishmoqda. Stenfordda kompyuter bo‘yicha ikki mutaxassis dastlab “Sun’iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul “onlayn” kurs tashkil etdi. Dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga yozildi. Ko‘ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to‘liq tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda ushbu kursni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘ldi. 2012-yil Stenford universiteti yana beshta bepul “onlayn” kursni tashkil etdi. Ularda o‘qiyotgan talabalar soni yarim millionga yaqinlashgan. Bu borada Massachuses Texnologiya instituti ham faollik ko‘rsatmoqda. O‘quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan “MITx” nomli yangi notijorat tashkiloti tuzildi. “MITx” qoshida ochilgan birinchi kurs – “Sxemalar va Elektronika” darsida qatnashish uchun yuz mingdan ziyod talaba ro‘yxatdan o‘tdi. “MITx” internet sahifasida yozilishicha, ro‘yxatga yozilganlarning kamida 20 ming nafari dars mashg‘ulotlarida to‘liq va faol ishtirok etmoqda. Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul “onlayn” kurslarini tashkil etmoqda. Ushbu kurslar “Coursera” deb nomlangan internet saytida jamlangan. “Coursera”dan kurslarni nomlari va yo‘nalishi bo‘yicha yoki ularni taqdim etayotgan universitetlar bo‘yicha qidirib topishingiz mumkin. Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt “Udacity” bo‘lib, u ham “Coursera” bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan.
-rasm. Ommaviy onlay ochiq kurslarda tashkillashtirilgan kurslarning ko‘rinishlari
Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul “onlayn” kurslari:
· Coursera.org – https://www.coursera.org/
· EdX – https://www.edx.org/
· Udemy – https://www.udemy.com/ LinguaLeo – http://lingualeo.ru/ busuu – http://www.busuu.com/enc/
· TED – http://www.ted.com
|
| |