|
Tyutor (o‘qituvchi)interfeysi
|
bet | 74/77 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,73 Mb. | | #258613 |
Bog'liq Kitob. 1Tyutor (o‘qituvchi)interfeysi
MOODLE tizimiga yangi kurslarni yaratish, talabalarga tegishli yordamlar va maslahatlar berish ma’suliyatini tyutor (kurs o‘qituvchisi) bajaradi. Kurs o‘qituvchisi yaratilajak o‘quv kursini qanday kommunikatsiya elementlari (chat, forum) mavjud bo‘lishligini o‘quv jarayoni qanday trayektoriya orqali amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish imkoniyatiga ega. Tyutor (o‘qituvchi)ning kursni tahrirlash oynasi keltirilgan bo‘lib, “Elektron pedagogika”fani misolida o‘quv jarayoni tashkillashtirilgan.
-rasm. Tyutor (o‘qituvchi)ning kursni tahrirlash oynasi
O‘quv jarayoni10 xaftalik ko‘rinishda keltirilgan. Kurs o‘qituvchisi har bir o‘quv jarayoniga tegishli topshiriqlarni maxsus e’lonlar oynasi orqali yoki avtomatik ravishda har bir foydalanuvchining shaxsiy elektron pochtasiga jo‘natishi mumkin bo‘ladi.
-rasm. Kurs elementlarini qo‘shish oynasi
Shuningdek kurs o‘qituvchisi(tyutori) o‘quv jarayonidan kelib chiqqan holda qo‘yida ko‘rsatilgan kurs elementlarini har bir haftalik mashg‘ulotlariga integratsiyalashtirishi mumkin bo‘ladi. Xususan, chat, Anketa, Dars modeli, Forum, Glossariy, Ma’lumotlar ombori, Scorm/AICC, So‘rovlar, test topshiriqlari va Web2 elementlari bo‘lmish Wiki elementlarini kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. MOODLE tizimiga o‘quv jarayoniga oid o‘zgartirishlarni “Boshqarish” paneli orqali qo‘yidagi amallarni bajarish mumkin: kursni tahrirlash, o‘rnatishlar, rollarni tayinlash, baholar, guruhlar, kursni rezerv nusxa olish, kursni tiklash, import, hisobotlar, savollar va kursga oid faylar shuningdek, foydalanuvchilar haqida ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Kursda o‘qituvchi kalendar blokini joylashtirishi mumkin. Kalendarda bugungi kun ramka bilan belgilanib, qolgan kunlar har xil rangli bo‘lishi mumkin, sababi u kunlarga nimadir belgilangan bo‘lishi mumkin.
Har bir foydlanuvchikalendardan foydalana olishi mumkin, xuddi o‘zining kalendaridan foydalangandek. Bu kalendarda belgilangan kunlari va ular xaqida ma’lumotlar butun kursga ochiq ravon bo‘ladi. Undan tashqari bu kalendarda o‘qituvchi barchaga tegishli bo‘lgan kunlarni ham belgilashi (faqatgina ma’lum bir guruhni) mumkin. Administrator esa bu kalendarga barcha belgilanayotgan va kutilayotgan kunlar xaqida ma’lumotlarni kiritishi va xabar tarqatish imkoniyatiga ega. Agarda belgilangan ma’lumot har hafta yetkazilishi lozim bo‘lsa u holda sozlash paneli orqali bu kunni har haftali qilib saqlab qo‘yish lozim. O‘qituvchiga shart emas har doim ma’lumotlarni kiritib turish, chunki tizim o‘zida belgilangan doimiy xabarlar va ma’lum kunlarni o‘zi avtomatik tarzda qo‘shib boradi. Agarda ma’lum bir kunda belgilangan ma’lumotni ochish kerak bo‘lsa, u holda shu kunga kursorni keltirib tugmachani bosish kifoyadir. Shu zahoti shu kun bilan bog‘liq ma’lumotlar ochiladi. O‘quvchilarning muloqoti biz yaratgan MOODLE tizimida ko‘zda tutilib qulay tarzda yuritilgan.
-rasm. Muloqot oynasi
Xabarlar almashinuvi alohida blokda berilgan. Unda muloqotchilar Tyutor tomonidan ro‘yhatini sozlash mumkin. Undan tashqari xabarlarni tekshirish, kuzatish va ularni ta’qiqlab qo‘yish mumkin. Ma’lumotlar almashinuvi blokida ma’lumotlar soni va har bir o‘quvchining xabarnomalarisoni ko‘rsatiladi. MOODLE tizimida o‘quvchilari o‘quv jarayonini boshlashlari bilan bilan: materiallarni ko‘rish, topshiriqlarni bajarish,testda ishtirok etish va barcha harakatlarini hisobga olish uchun batafsil jurnal yurita boshlash funksiyasi ishga tushirilgan.
-rasm. Hisobot jurnalining ko‘rinishi
Sahifaning yuqori qismida jurnal filtri parametrlarini berish mumkin:
-kurs nomi;
-guruh;
-ishtirokchini;
Mashg‘ulot,kursning interfaol elementi yoki resursi.
Agar kursda faollik katta bo‘lsa,jurnalda qayd etilgan voqealar bir nechta sahifada joylashishi mumkin. Uni qisqartirish uchun filtrni aniqlashtirish mumkin.Masalan, faqat guruh emas,balki kursning aniq ishtirokchisi yoki aniq kunni olish mumkin.
Jurnalda quyidagi axborot qayd etiladi:
-voqea sanasi va vaqti ;
-Kurs ishtirokchisi IP adresi (manzili);
-kurs ishtirokchisi tomonidan bajarilgan amal;
-qo‘shimcha axborot.
Shunday qilib, MOODLE tizimida o‘quvchilar faoliyatini kuzatish uchun foydalidir. Hisobot jurnali orqali o‘quvchilarning qaysilari kurs materiallarini o‘rganmoqda,kimlar esa biror marta ham kursga ko‘z tashlamaganligini nazorat qilish mumkin. Ba’zi holatlari o‘qituvchilar reyting oynasini tuzishi mumkin va reyting oynasiorqali har bir talaba o‘zining reyting natijalarini ko‘rishi mumkin. Reytingda talabaning mashqlarni bajarishiga, aktivligiga va o‘qish statistikasi hisobga olinadi. Testdan o‘tish uchun testni kurs elementlaridan tanlash lozim. Agarda kurs ko‘p sahifalardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda testlar bo‘limini tanlash mumkin. “Testlar”ni ustiga sichqonchani keltirib tugmachani bosib va testlar oynasi ochiladi. Ulardan mos bo‘lgan, yoki o‘qituvchi tomonidan belgilangan testni aniqlab yechish mumkin. MOODLE tizimida o‘ziga testlar majmui mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi o‘ziga xos testlar tuzishi mumkin: vaqtiga, chegaralangan marotaba ishlash va taxminiy savollar tanlash bilan ifodalanadi.
|
| |