• Qidiruv indekslari
  • 4. 0-ishlab chiqarish




    Download 6,73 Mb.
    bet42/77
    Sana31.05.2024
    Hajmi6,73 Mb.
    #258613
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
    Bog'liq
    Kitob. 1

    Qidiruv kataloglari tematik (mavzulashtirilgan) izlash uchun xizmat qiladi. Bunday serverlarda axborotlar mavzular va qismmavzular bo‘yicha strukturalanadi. 
    Internetda resurslar katalogi yoki internet-resurslari katalogi yoki qisqacha internet kataloglar saytlarning strukturalashgan qisqacha izohli ko‘rsatgichlari (yo‘llari) yig‘indisidir.
    Bir kategoriya tarkibidagi kataloglar saytlarning ommaviyligi (reytingi) bo‘yicha tartiblanadi. Bunday internet kataloglariga misol tariqasida Aport saytini keltirishimiz mumkin. Aport.ru — universal sayti bo‘lib, Rossiya bozorlaridani tovarlar va narxlarni solishtirish uchun ishlab chiqilgan. Sayi foydalanuvchilarga butun dunyo bo‘yicha internet-magazinlar xizmatlari va tlvarlarini qulay usulda izlash imkonini beradi. Qulaylik yaratish uchun saytda tovarlarni narxi, ishlab chiqaruvchisi, shahar kabi kategoriyalar bo‘yicha izlashning ko‘p funksiyali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

    Aport qidiruv tizimi tematik katalogi
    Shuningdek saytda foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikr-mulohazalar orqali mahsulot haqida barcha ma’lumotlarni: unig asosiy kamchiligi va yutuqlari havida ham bilib olish mumkin.
    Qidiruv indekslari alfavitli ko‘rsatgich kabi ishlaydi. Kliyent serverga izlanayotgan axborotni tasniflovchi bir yoki bir necha so‘zlar ketma-ketligini beradi va shu terminni o‘zida mujassamlashtirgan veb sahifaga ko‘rsatgich (yo‘l) ni oladi.
    Qidiruv indekslari avtomatik ravishda maxsus dastur yordamida internet sahifalarini skanerlaydi va ularni indekslab o‘zining katta ma’lumotlar omboriga kiritadi.
    http://www.yandex.ru
    Yandeks – Rossiya qidiruv tizimi. Kompaniya sayti Yandex.ru 1997-yil 23-sentyabrda ish boshlagan. Kompaniyaning bosh ofisi Moskvada joylashgan. Shuningdek Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Odessada va Kiyevda ham kompaniyaning ofislari bor. Yandeks so‘zi “Ya” va “index” so‘zlaridan olingan “Ya” rus tili kishilik olmoshi, ingliz tilidagi “I” so‘zi bilan mos tushadi. Bu nomni Yandeksning asoschilaridan biri bo‘lgan Ilya Segalovich yo‘lab topgan.

    Yandeks qidiruvi hujjatlarni (axborotlarni) rus tili, ukrain tili, belorus tili, rumin tili, ingliz tili, nemis tili va faransuz tillari bo‘yicha izlash imkonini beradi va Yandeks rus va ingliz morfologiyasi bo‘yicha so‘zlarni tekshiradi. Yandeksning farqli jihati shundaki, unda qidiruv so‘rovini aniq sozlash mumkin. Bu qulay so‘rovlar tili orqali amalga oshiriladi. Yandeks har bir sahifasida 10 tadan qidiruv natijalarini aks ettiradi, lekin bu miqdorni uning sozlamalariga kirib 20, 30 va 50 tagacha oshirish mumkin.
    http://www.google.ru/
    Internetda qidiruv mashinalari lideri hisoblanadi, google jahon bozorining 70% ini egallaydi. Bugungi kunda u har kuni 50 million qidiruv so‘rovlarini ro‘yxatdan o‘tkazib, 8 milliard veb sahifalarni indekslamoqda. Google 115 xil tilda axborotlarni izlaydi.

    Uning nomlanishi inglizcha “Googol” so‘zidan olingan bo‘lib 100 ta noli bor birlikni anglatadi va uni Miltonom Sirottoy kiritgan. u termin kompaniyaga internetda katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish ma’nosini bildiradi.
    Google interfeysi ancha murakkab so‘rovlar tilini o‘z ichiga oladi va izlashda alohida domen, til, fayl turi va boshqa parametrlar bo‘yicha cheklovlar qo‘yish imkoniyatini beradi.

    http://www.rambler.ru
    Rambler Media Group – internet xoldingi qidiruv tizimi, rus internet resurslari klassifikatorlari reytingi, axborot portali kabi servislarni o‘z ichiga oladi.

    Rambler 1996-yilda tashkil topgan. Rambler qidiruv tizimi rus, ingliz va ukrain tillarini tushunadi va farqlaydi.
    http://www.yahoo.com/
    Yahoo — amerika kompaniyasi bo‘lib, ommaviyligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi qidiruv tizimi hisoblanadi. Shuningdek u Yahoo! Directory internet-portaliga birlashtirilgan qator xizmatlarni ham amalga oshiradi. Portal o‘zida ommabop xizmatlardan Yahoo! Mail pochtasini mujassamlashtirgan. 2004-yilda AJAX texnologiyasiga asoslangan yangi pochta interfeysi ishga tushirildi.
    Kompaniya Stenford universiteti magistrantlarii Devidom Faylo (ingl. David Filo) va Djerri Yangom (ingl. Jerry Yang) lar tomonida 1994-yilning yanvar oyida asos solingan. 1995-yil 2-martda u korporatsiyaga aylandi. Kompaniyaning bosh ofisi AQSH Kaliforniya shtatidigi Sanniveyl (ingl. Sunnyvale) shahrida joylashgan.


    Download 6,73 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




    Download 6,73 Mb.