4.1- MAVZU: TURIZM KORXONALARIDA BIZNES-
REJALASHTIRISH
AMALIY MASHG’ULOT REJASI:
4.1.1.Biznes-rejalashtirishning asoslari.
4.1.2.Biznes-reja ishlab chiqishning mavjud modellari.
4.1.3.Biznes-rejani ishlab chiqish ketma-ketligi.
Tayanch so’z va iboralar: Biznes-rejalashtirish,
turistik xizmatlar, turizm
industriyasi, turistik firma,
tarmoq xususiyati, nomoddiy mahsulot, gid-tarjimon,
ekskursiya, mijoz,
turoperator, hududiy hokimiyat, turagentlik, mehmondo’stlik
industriyasi,
kempinglar, mehmonxona, restoran, axborot–tahlil xizmati,
esdalik
sovg’alar, reklama agentliklari, avtotransport, tarjimonlar byurosi.
4.1.1.Biznes-rejalashtirishning asoslari
Ilgari qanday ishlaganlar?
O’zbekistonda xalq xo’jaligini boshqarishning markazlashgan tizimi tarqalib
ketgandan so’ng davlat mulkini ommaviy xususiylashtirish boshlandi, ya’ni davlat
mulkini samarali xususiy mulkdorlarga topshirish bosqichi amalga oshirildi.
Ammo davlat korxonalarini kattagina qismiga ega bo’lgan
xususiy mulkdorlar
olingan xususiy korxonalarni yangi bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli
boshqarishga tayyor emasligi, natijada ular ham
davlat korxonalari singari
samarasiz xo’jalik faoliyatiga uchradilar.
Iqtisodiyotni markazlashgan boshqarish davrida biror bir korxona rahbari ular
ishlab chiqarayotgan mahsulotni kim harid qilishini, sotish hajmini qanday
oshirish, xizmatga ehtiyojni oshirish uchun qanday o’zgartirish
kerakligi
to’g’risida o’ylashning xojati yo’q edi, chunki mamlakatda oddiy fuqaroga nima
kerak bo’lsa barchasi tanqis tovarlar qatoriga kirar edi. Barcha ishlab
chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
davlat rejasini olardilar, bu
rejani bajarish uchun bir-biridan o’zishga harakat qilib bunda ularni mahsulotni
iste’molchilar ehtiyojini qay darajada qondirayapdi va har bir fuqaro o’z ehtiyojiga
ko’ra ta’minlanishi uchun shunday mahsulotni qancha miqdorini ishlab chiqish
zarurligi to’g’risida o’ylab ko’rishga xojat yo’q edi.