• “Biznes-reja” nima uchun kerak
  • Hozirgi paytda qanday ishlashlashga to’g’ri kelmoqda ?




    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana20.11.2023
    Hajmi203,2 Kb.
    #101694
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4.1-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish
    ssylka-na-spec-S2990, [S2985G и S2965] Руководство по настройке - копия, 2a, Biznes huquqi, Mavzu Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartla
    Hozirgi paytda qanday ishlashlashga to’g’ri kelmoqda ?
    Korxonalarni asosiy qismi bozor iqtisodiyotini mustaqil sub’ektlari bo’lib, 
    faoliyat ko’rsatganlaridan so’ng har bir rahbarni vazifasi bo’lib, ular 
    boshqarayotgan korxonani iqtisodiy samarali faoliyat yuritishni ta’minlash bo’lib 
    hisoblanadi. Buning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishni tashkil etish bilimiga 
    ega bo’lishi zarur, bu bir tomondan iste’molchilarni doimiy ravishda o’zgarib 
    turadigan ehtiyojini hisobga olish bo’lsa, boshqa tomondan ular ishlab 
    chiqarayotgan mahsulotni takomillashtirib ishlab chiqaruvchi, ular egallagan bozor 
    ulushini tortib oluvchi kun sayin ko’payib borayotgan raqobatchilarni hisobga 
    olish maqsadga muvofiq bo’lmoqda. 


    Bundan tashqari rahbar iste’molchi turistlar ehtiyojini to’g’ri aniqlash, 
    raqobatchilar mahsulotining afzallik va kamchiliklarini aniqlash, bozordagi o’z 
    o’rnini topish, yuqori malakali xodimlarni tanlash, mahsulot ishlab chiqarishni va 
    sotish tizimini yo’lga qo’yish, mahsulotni bozorga chiqarish uchun reklama 
    jarayonlarini samarali tashkil etish qobiliyatlariga ega bo’lishi kerak. Yuqorida 
    qayd qilingan tadbirlar uzuq-yuluq xarakterga ega bo’lmasdan, tizimli xarakterga 
    ega bo’lishi uchun zamonaviy bozor sharoitlarida yangi korxonani yoki mahsulotni 
    bozorga chiqarish uchun “biznes-rejalashtirish” tushunchasiga amal qilinadi. 
    “Biznes-reja” nima uchun kerak? 
    Bu savolga javob berish uchun biz biznes-reja kim uchun ishlab chiqilishini 
    aniqlashimiz, ya’ni kim o’z faoliyatida undan foydalanadi degan savolga javob 
    berishimiz zarur. Agar faoliyat ko’rsatib turgan korxona yangi yo’nalish 
    ochayotgan bo’lsa, masalan, turfirma yangi turistik yo’nalish, unda biznes-reja 
    yangi turni bozorga siljitish bo’yicha harakatlar ketma-ketligini aniq ifodalash va 
    uni amalga oshirishdan keladigan daromadlar imkoniyatini baholash uchun zarur 
    bo’ladi. Agar yangi biznes-loyiha tashabbuskorlari uni amalga oshirish uchun pul 
    mablag’larini jalb qilish istagi bo’lsa, unda biznes-reja mazkur loyihaga 
    mulkdorlarni mablag’ qo’yishga ishontirish uchun xizmat qiladi. Agar korxona 
    yangi loyihani amalga oshirish uchun bank kreditlarini jalb qilishni hohlasa, unda 
    biznes-reja kreditorlarga berilgan kredit belgilangan muddatda qaytarilishiga, 
    korxona esa foiz to’lovlarni qaytarish qobiliyatiga ega ekanligini isbotlab berish 
    zarur. 
    Agar kreditni tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’llab-quvvatlovchi davlat 
    organlaridan olish rejalashtirilgan bo’lsa, unda biznes-rejada loyihani ijtimoiy 
    ahamiyatini ko’rsatish zarur. 
    Shu tarzda, biznes-rejani kim uchun mo’ljallanganligiga bog’liq ravishda 
    unga urg’u berish maqsadga muvofiqdir: kreditorlar uchun, moliyaviy manbalariga 
    va tavvakalchilikni kamaytirish omillariga, shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlab 
    chiqarishni texnologik jarayonlariga, davlat organlari uchun loyihani ijtimoiy 
    bo’lmagan parametrlariga e’tibor qilinadi. 

    Download 203,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi paytda qanday ishlashlashga to’g’ri kelmoqda ?

    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish